Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Atletiko» La Liga monopoliyasiga nuqta qo‘yishi uchun 6 sabab

«Atletiko» La Liga monopoliyasiga nuqta qo‘yishi uchun 6 sabab

Baho:
+1 | -

Yevropa Superkubogi uchun bahsda “Real Madrid”ni yenggan “Atletiko Madrid” La Liganing yangi mavsumida “Barselona” va “Real” hokimiyatiga nuqta qo‘yishi uchun bir qator sabablarga ega. Quyida shu haqida mulohaza yuritamiz.

Diyego Simeone shogirdlari 2013-14-yilgi mavsumda “Barsa” va “Real”ni dog‘da qoldirib La Liga chempioniga aylanganida butun dunyo lol qolgan edi. O‘sha sovrin, klub tarixidani o‘ninchisi bo‘lgan edi. “Matroslar” 2005-2018-yillar oralig‘ida “ko‘k-anorranglilar” va “qaymoqranglilar” qo‘shhokimiyatiga nuqta qo‘ygan yagona jamoa bo‘lib turibdi.

Ronaldu va Messi erasi klublarini Ispaniya chempionatining yuqori pog‘onalarida ushlab turdi. Biroq “Atletiko” o‘z qahramonligini yana ko‘rsata olishi mumkin. Bunga yetarlicha asoslar bor.

Diyego Kosta o‘zining yuqori sport formasiga qaytdi

Ispaniya termasi bilan Mundialda yorqin o‘yin ko‘rsatgan Kosta Superkubog uchun bahsda eng tezkor gol muallifiga aylandi. Bu o‘yinda Kosta biz bilgan tajovuzkor Kostaga aylandi. Raqib himoyachilarini “buldozer” kabi tekislab tashladi, bosh hakamning har bir qaroriga keskin e’tiroz bildirdi, eng asosiysi muhim gollarni urdi.

29 yoshli hujumchi shu yilning yanvarida qadrdon klubiga qaytgandi. Ikkinchi davraning 24 o‘yinida 9 gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

U yana o‘z sport formasini topib oldi va Antuan Grizmann bilan La Liga bosh sovrini uchun katta qahramonlik ko‘rsata oladi.

Grizmann Jahon Chempionatidan keyin chaqnamoqda

Grizmann ushbu yozda dunyoning eng yaxshi futbolchisi qatoriga qo‘shilganini hech kim inkor qilmaydi. U Fransiya terma jamoasi bilan Mundialni yutdi, finalda gol urdi.

Grizmann Kosta “Atletiko”ni 2014-yilda tark etganidan keyin klub tumoriga aylangan edi. O‘shandan beri u 209 uchrashuvda 112 gol urishga erishdi. O‘shandan ikkitasini u o‘tgan mavsumda Yevropa Ligasi finalida “Marsel” darvozasiga kiritdi.

Ushbu yozda “Barselona”dan jiddiy taklib kelib tushganiga qaramay u “Vanda Metropolitano”da qoldi.

Grizmann klubi bilan La Ligada ham nihoyat o‘zini ko‘rsatadigan payti kelganini tushunib turibdi.

Ronaldu endi o‘tmishga aylandi

Agarda Krishtianu Ronaldu maydonda bo‘lganida “Real” Superkubok uchrashuvida “Atletiko”dan ikki gol farqi evaziga mag‘lub bo‘lishini tasavvur qilish qiyin edi.

Ronalduning “Atletiko”ga qarshi statistikasi yuqori darajada. U Ispaniya poytaxti jamoasi safidaligida 31 ta Madrid derbisida 22 gol urishga erishgan. La Liga doirasidagi 16 uchrashuvlarda esa 12 gol kiritgan.

“Atletiko” besh karra “Oltin to‘p” sohibi Chempionlar Ligasida to‘qnash kelsada, ichki chempionatda ortiq ko‘rishmasligiga xursand bo‘lsa bo‘ladi.

“Atletiko” o‘tgan mavsumda Ronalduning La Ligadagi 26 goli qaramay, turnirni “Real”dan yuqori pog‘onada yakunlashga muvaffaq bo‘lgandi.

“Barselona” yangi hujum chizig‘ini mustahkamlay olgani yo‘q

Kataloniyaliklar qisqa vaqt oralig‘ida Neymar, Luis Suares va Lionel Messi timsolida Yevropa futbolidagi eng kuchli “uch tish”ga ega edi.

Bu holat Neymar “PSJ”ga o‘tgunicha davom etdi. O‘shandan beri “Barsa” hujumda bir necha variantlarni ko‘rib chiqdi. Biroq hech biri oldingisiga o‘xshagani yo‘q.

Garchi “Barselona” o‘tgan mavsumda La Liga chempioniga aylangan bo‘lsada, Valverde barqaror hujum chizig‘ini shakllantira olganicha yo‘q. Dembeleni jarohatlar qiynamoqda, Koutinyo esa ba’zida hujumchiga aylantirilmoqda.

Amaldagi chempionlar “Bordo”da Malkomni olib keldi, biroq hujum chizig‘ida muvozanatni tiklab olish uchun vaqt talab qiladi. “Atletiko” esa bundan foydalanib qolishi mumkin.

Yangi transferlar

Toma Lemar shubhasiz “Atletiko”ning yozgi transfer bozoridagi eng kuchli haridi bo‘ldi. “Monako”ning sobiq futbolchisi Simeone jamoasini so‘zsiz kuchaytiradi.

Bundan tashqari “matroslar” himoyadagi qanotlarni – Jonni Kastro va Santyago Arias bilan mustahkamlashga erishdi.

Qatar chempionatiga yo‘l olgan sobiq sardor Gabining o‘rniga “Vilyarreal”dan Rodri kelib qo‘shildi.

Nikola Kalinich Kosta uchun raqobatchilik qilsa, Jelson Martinsh boshqa qanotda o‘z omadini sinab ko‘radi.

Transferlarsiz ham kuchli tarkib

Madrid klubi tarkibga bir qator yangi futbolchilarni olib kelganiga qaramay, Simeone o‘z qo‘li ostida kuchli tarkibni yig‘a olgan.

Himoyada tinib-tinchimas Diyego Godin bor. Superkubok finalida porlagan Saul Niges, bundan tashqari Yan Oblak va Kokelar individual mahoratli futbolchilar sirasiga kiradi.

Tarkibdagi kuchli futbolchilarga jiddiy takliflar kelib tushganiga qaramay, klub ularni o‘z safida saqlab qola oldi.

Erkinjon G‘aybullayev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:02, 21.08.2018.
O'qildi: 4851 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.