Italiyaning “Yuventus” klubini tark etib erkin agentga aylangan Klaudio Markizio, faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishni istamadi. Futbolchi “Sampdoriya” taklifini rad etdi. Bu haqda Corriere Torino xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirmoqchi.
Ta’kidlab o‘tamiz, futbolchi yaqin vaqt ichida “Monako” bilan shartnoma imzolaydi.