Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Jakarta-2018. Eshkak eshuvchilarimizdan oltin, kumush va bronza!

Jakarta-2018. Eshkak eshuvchilarimizdan oltin, kumush va bronza!

Baho:
+ | -

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining bugungi tongida sportchilarimiz birdaniga 3ta medalni qo‘lga kiritishdi. Akademik eshkak eshish bo‘yicha final bahslarida ishtirok etgan atletlarimiz delegasiyamiz hisobiga bir komplekt medallar shodasini taqdim etishdi.

Har bir sportchidan ikkitadan eshkak bo‘lgan yo‘nalishda finalda qatnashgan Shahboz Abdujabborov va Shahboz Xolmurzayev juftligi marraga birinchi bo‘lib yetib borishdi. Ular xitoylik raqiblarni yarim soniyaga ortda qoldirishdi. Tailandlik eshkak eshuvchilar bronza medallariga ega bo‘lishdi.

Akademik eshkak eshishning yana bir yo‘nalishi — sportchilarda bittadan eshkak bo‘lgan usulda juftlikda ishtirok etgan Sardor To‘lqinxo‘jayev va Alisher Turdiyev juftligi marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelishdi. Kumush medal! Vakillarimiz xitoyliklardan ortda qolishgan bo‘lsa, Yaponiya bronza medaliga ega bo‘ldi.

Akademik eshkak eshishning yana bir finalida o‘zbekistonliklar delegasiyamizga yana bir medalni tortiq etishdi. I.Mambetnazarov, SH.Najmiyev, SH.Hakimov, Z.Usmonovdan iborat to‘rtlik jamoamiz finishga uchinchi bo‘lib yetib kelishdi. Hamyurtlarimiz masofaning 3/4 qismigacha 2-o‘rinda kelishayotgandi. So‘nggi 500 metrda ular indoneziyaliklarni o‘tkazib yuborishdi. G‘oliblik xitoyliklarga nasib etdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:00, 23.08.2018.
O'qildi: 6301 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик