Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon 0-0 Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro 2-1 Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Murodjon Ahmadaliyev faoliyatidagi ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Murodjon Ahmadaliyev faoliyatidagi ilk chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi

Baho:
+2 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev bugun AQSHda o‘zining to‘rtinchi jangini o‘tkazdi.

Hamyurtimiz ushbu bellashuvda chililik Ramon Kontrerasga qarshi jang qildi. Quvonarlisi, 10 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq hamyurtimiz raqibini nokautga uchratdi va jangni o‘z foydasiga hal qildi.

Ushbu g‘alaba orqali Murodjon WBA InterContinental kamari sohibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda prof ringda to‘rtta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. Janglarining ikkitasida esa u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:53, 24.08.2018.
O'qildi: 6747 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик