Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

O‘zbek boksi yulduzlari futbolchilarimiz bilan uchrashib, ularni qo‘llab-quvvatlashdi

O‘zbek boksi yulduzlari futbolchilarimiz bilan uchrashib, ularni qo‘llab-quvvatlashdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 27 avgust kuni futbolchilarimiz Osiyo o‘yinlarining chorak finali doirasida Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Ushbu o‘yinning ahamiyati nihoyatda yuqori. Mazkur uchrashuvni finalga qiyoslasak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Mutaxassislarning taxminicha, ushbu juftlik g‘olibi yakunda Osiyo o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritishi ehtimoli juda yuqori bo‘ladi.

Muhim bahs oldidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga binoan, boksimizning bugungi kundagi yorqin yulduzlari, Olimpiya o‘yinlari chempionlari, nufuzli xalqaro turnirlar g‘oliblari futbolchilarimiz istiqomat qilayotgan mehmonxonaga tashrif buyurishdi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qilishdi. G‘oliblik ruxi bilan bo‘lishishdi, futbolchilarimizga omad tilashdi. Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegasiyasi bayroqdori Isroil Madrimov, Olimpiya o‘yinlari chempioni Hasanboy Do‘smatov va yana bir qator bokschilarimiz so‘zga chiqar ekanlar, futbolchilarimizga omad tilashdi, ruhiy tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini ta’kidlashdi.

Muxlislar qatorida bokschilarimiz ham futbolchilarga har tomonlama dalda bo‘lishlarini alohida qayd etib o‘tishdi. O‘z navbatida, Ravshan Haydarov shogirdlari ushbu e’tibordan juda xursand bo‘lishdi. Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda bor kuch-g‘ayratlarini ishga solib, albatta g‘alaba qozonishlarini va va’da qilingan chempionlikni O‘zbekistonga taqdim etishlarini ta’kidlab o‘tishdi.

,

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:11, 24.08.2018.
O'qildi: 6110 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик