Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Osiyo o‘yinlari. Sakkizinchi kunda 6 ta medal, Ruslandan oltin!

Osiyo o‘yinlari. Sakkizinchi kunda 6 ta medal, Ruslandan oltin!

Baho:
+ | -

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining sakkizinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar uchun delegasiya hisobiga 6 ta medal qo‘shib qo‘ydilar.
 
Jumladan, penchak silat sport turi bo‘yicha yarim finalda indoneziyalik Iqbal Pratamaga qarshi jang qilgan Abdumalik Salimov raqibiga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ammo shunga qaramay, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
 
Karatechi Cadriddin Saymatov bronza medali uchun vyetnamlik Xai Nguyenga qarshi jang o‘tkazdi va 1:8 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Yana bir karatechi Barno Mirzayeva bronza medali uchun jangda tailandlik Arm Sukkiauni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Navbatdagi bronza ham qo‘lga kiritildi.
 
Og‘ir atletika bo‘yicha Omadoy Otaqo‘ziyeva dast ko‘tarishda 101, siltab ko‘tarishda 131, umumiy hisobda esa 232 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Va Omadoyning omadi kelib, delegasiya hisobiga kumush medalni taqdim etdi.
 
Kunning eng quvonarli voqeasi, og‘ir atletika bo‘yicha Ruslan Nuriddinovning Osiyo o‘yinlarida oltin medal hamda rekord o‘rnatgani bo‘ldi. Ruslan dast ko‘tarishda 191 kg, siltab ko‘tarishda esa 227 kg tosh ko‘tardi. Umumiy hisobda 421 kg natija ko‘rsatgan Ruslan Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegasiyasiga oltinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.


 
Ma’lumot o‘rnida, ushbu oltin medal o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar uchun Osiyo o‘yinlari tarixidagi birinchisi hisoblanadi.
 
Bosqon uloqtirish bahslarida Suhrob Xo‘jayev 74,06 natija ko‘rsatdi. Bu Suhrobning mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi. Ushbu natija esa O‘zbekiston delegasiyasiga 11-bronza medalini taqdim etdi.
 
Bundan tashqari, bugun o‘z vazn toifasida ringga ko‘tarilgan uch bokschi – Jamshid Latipov, Shunqor Abdurasulov va Bobousmon Boturovlar raqiblarini mag‘lub etib, saralash bahslarini muvaffaqiyatli boshladilar.
 
Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining sakkizinchi kunida delegasiya hisobiga 6 ta medalni qo‘shib qo‘ydilar. O‘zbekiston ayni vaqtda 6 ta oltin, 11 ta kumush va 11 ta bronza, umumiy hisobda 28 ta medal bilan 35 mamlakat orasida 10-o‘rinni egallab turibdi.
 
Ro‘yxatning kuchli uchligidan Xitoy (174), Yaponiya (122) hamda Janubiy Koreya sport delegasiyalari joy olgan.

Kiritildi: 22:17, 26.08.2018.
O'qildi: 4252 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик