Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

«Manchester Siti» De Bryuynesiz qanday o‘ynaydi?

«Manchester Siti» De Bryuynesiz qanday o‘ynaydi?

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” o‘tgan mavsumda “Yilning eng yaxshi futbolchisi” bo‘lgan vakili Kevin De Bryuynening tizzasidan jiddiy jarohat olib ancha vaqt maydondan tashqarida qolishi tufayli uning o‘rnini kimlar bilan to‘ldirish mumkin? Gvardiola o‘z yetakchisisiz qay ko‘rinishda “jangga” kirishadi? Bu savollarga quyida javob izlashga urinib ko‘ramiz.

Xosep Gvardiola belgiyalik pleymeykersiz mavsumning uch oyini o‘tkazishga majbur. Albatta De Bryuynening o‘rnini munosib tarzda to‘ldira oladigan mahoratli futbolchilar “Manchester Siti”da yetarlicha. Biroq ularning birortasi undagi mahoratga ega emas.

26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda “shaharliklar” safida yarim himoyadagi markaziy rolni bajargandi. Faqatgina bir o‘yinda ishtirok etolmagan De Bryuyne mavsumni 37 o‘yinda 16 gol bilan yakunlashga erishgan edi.

U shuningdek jamoadoshlari uchun sermahsul yaratuvchi vazifasini ham o‘tab bergandi. U sheriklariga 106 ta imkoniyat yaratib berdi. Undan keyin Kristian Eriksen (96 ta) va Sesk Fabregaslar (91 ta) bu ishni boshqalardan ko‘ra ko‘proq bajargan. Agarda 36 o‘yinda 32 gol urgan Muhammad Saloh bo‘lmaganida De Bryuyne AFA ning “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini ham yutgan bo‘lardi.

Gvardiola endi o‘z taktik rejalarini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Quyida kataloniyalik murabbiy uning o‘rnini to‘ldirishi mumkin bo‘lgan uch variant haqida so‘z boradi.

4-3-3 o‘yin sxemasida – Foden yoki Silva

“Etihad”da Gvardiola oltitadan kam bo‘lmagan o‘yini tizimini qo‘llab ko‘rdi. Biroq u eng ko‘p 4-3-3 dan foydalandi.

Bu o‘yin tizimini u besh qo‘liday biladi, boisi “Barselona”ga bolaligidan qo‘shilganidan beri bu tizimning past-balandini juda yaxshi biladi. Boz ustiga bu sxema uni dunyoga tanitdi, ko‘plab sovrinlar yutdi.

O‘tgan mavsumda tayanch yarim himoyasida Fernandinyo, undan oldinda esa belgiyalik futbolchi bilan David Silva harakat qildi.

Futbolda bittasining kulfati boshqasining yutug‘i hisoblanadi. De Bryuynening yo‘qligi Bernardo Silvaga kirish eshiklarini ochadi. U kuchli hujum chizig‘i – Sterling, Aguero va Sanelar ortida o‘zini “baliqdek his qilishi” mumkin.

Albatta bu yagona variant emas. Ehtimol mavsumoldi yig‘inda o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsata olgan Fil Fodenga ham asosiy tarkibda o‘ynash bahti taqdim qilini mumkin. 18 yoshli yarim himoyachini ijaraga berib yuborilishi haqidagi xabarlarga qaramay, Gvardiola uni jamoada olib qolishi va yosh shogirdiga ishonch bildirishi ehtimoli yo‘q emas.

3-5-2 o‘yin tizimiga qaytish

Mavsumoldi yig‘in davomida Gvardiola 3-5-2 o‘yin tizimi haqida gapirib o‘tgan edi. Ular 2017-18-yilgi mavsumni aynan shu sxema bilan boshlagan edi.

Bunga kutilmaganda Benjamin Mendining jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqishi sabab bo‘lgan edi. Biroq u endi safga qaytgan.

De Bryuyne bunda Fernandinyo va David Silva bilan harakat qilgandi. Endi uning yo‘qligida Ilkay Gyundogan maydonga chiqishi mumkin. Garchi u ham jarohatlarga moyil bo‘lsada, bosh murabbiy unga yaxshi tavsif bermoqda.

Boshqa variantlar ham bor, biroq yuqorida tilga olinganlar Gvardiolaning barcha istaklarini ro‘yobga chiqarishi mumkin.

Oldingi chiziqda esa Gvardiola Gabriyel Jezus va Sterlingni afzal ko‘rgandi. Aguero qo‘shimcha variant bo‘lsa, Mahrez va Sanelarga ham joy topilishi mumkin.

Kayl Uoker va Mendi vingerlarga aylanadigan bo‘lsa, himoya nima bo‘ladi? Niklas Otamendi va Jon Stounslarga Emerik Laport qo‘shiligi mumkin. Jamoa sardori Vensan Kompani o‘z o‘rnini yosh Laportga yutqazib qo‘yishi mumkin.

“Sehrli kvadrat” (4-2-2-2)

Gvardiola Kroyff shogirdi sifatida 4-4-2 ni ma’qul ko‘rmasligi mumkin. Chunki bunda u yaxshi ko‘radigan to‘pga egalik qiluvchi uchburchakni hosil qilib bo‘lmaydi.

Ammo pragmatik sifatida Gvardiola ikki inglizcha klassik uslub: romb va Fransiya 1980-yillarda qo‘llagan uslubdan foydalanib ko‘rdi.

Ammo ushbu “sehrli kvadrat” istiqbolli bo‘lishi mumkin. “Shaharliklar” bu uslubda o‘ynay oladigan futbolchilarga ega. Sterling va David Silva hujumchilar ortida aldamchi figuralarga aylansa, Uolker va Mendi yoki Fernandinyo va Fabian Delf kengroq harakat qilishlari mumkin.

Hujumda esa Aguero va uning shogirdi Jezus harakat qiladi. Bu ikkovlon birgalikda 26 o‘yin o‘tkazishdi va o‘zaro besh golga hammualliflik qilishdi. Argentinalik hujumchi braziliyalik hamkasbiga to‘rttga golli uzatma bergan bo‘lsa, Jezus unga bitta golli uzatma bilan javob qaytardi.

Qisqasi, “Manchester Siti”da iqtidorlarning oshib-toshganligi Gvardiola oldida bir qator variantlar yaratib beradi. Klub yetakchisi De Bryuynening yo‘qligidan tahlikaga tushmaslik kerak.

Erkinjon G‘aybullayev tayyorladi.

Manba: www.penalti.uz
Kiritildi: 01:06, 27.08.2018.
O'qildi: 3525 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.