Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

JCH jabrdiydalari: «Man Siti», «Real», «Chelsi», «Barselona»…

JCH jabrdiydalari: «Man Siti», «Real», «Chelsi», «Barselona»…

Baho:
+ | -

Bu yilgi yoz fasli futbol jamoatchiligi uchun o‘ta sermahsul, lekin shu bilan birga mashaqqatli keldi. Ishtirokchilardan katta kuch va mahoratni talab etgan jahon chempionati yakunlanganiga 1 oy bo‘lmay turib, top-chempionatlarda bellashuvlar start oldi.

Bu masalada, ayniqsa, APL vakillariga qiyin bo‘ldi - «ko‘hna qit’a»ning nufuzli chempionati mundialga 110 nafar futbolchilarini yubordi. «Bornmut» va «Fulxem» klubidan tashqari barcha jamoalar vakillari o‘z termalari sharafini himoya qilishdi.

Tabiiyki, JCH tufayli yuzaga kelgan noqulayliklar barcha murabbiylarni ranjitdi. Ayniqsa, Joze Mourinyo­ning fig‘oni falakka chiqdi. Ha, buning ajablanadigan yeri yo‘q - axir u «Benazir»da! Lekin shunisi ham haqiqatki, terma jamoalar a’zolarining ko‘pchiligi mavsumoldi tayyorgarligida to‘laqonli qatnasha olmadilar.

Oqibatda Jozening «MYU»si o‘rtoqlik uchrashuvida kamtarin «San-Xose»ni yengolmadi: «Buni jamoa deyishga til bormaydi. Kimdir asosiy tarkib a’zosi, boshqasi - yoshlar jamoasi, ijaradan qaytganlar yoki o‘smirlar safidan.

Asosiy tarkibning 10 nafar a’zosi yo‘q bo‘lsa, hech narsaga erishib bo‘lmaydi». Portugaliyalik mutaxassisning haqli e’tirozi JCH jabrdiydalari haqidagi hikoyaga turtki bo‘ldi.

«MANCHESTER SITI» - JCHDA 16 NAFAR FUTBOLCHISI QATNASHDI

Angliya chempioni mundialga delegat yuborish bo‘yicha yagona yetakchi bo‘ldi. E’tiborlisi, futbolchilarning aksariyati yangi mavsumga talab darajasida shay bo‘lish uchun ko‘ngilli ravishda ta’til muddatini qisqartirishdi.

Vaholanki, professional futbolchilar assosiasiyasining talabiga ko‘ra, standart shartnomaning 14-bandida har bir futbolchi yil davomida 5 hafta dam olish huquqiga ega ekanligi yozib qo‘yilgan. Ta’tilning 3 haftasi paydar-pay shaklda bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan. Lekin «Siti» vakillari ixtiyoriy ravishda ishga barvaqt qaytishdi.

Mazkur fidoyilik Rio Ferdinandni hayratga soldi: «Ilk rasmiy uchrashuv arafasida Vensan Kompanidan necha kun ta’tilda bo‘lganini so‘radim. U «2 hafta» deya javob berdi.

«Voy-bo‘, dam olish uchun bu juda kam-ku!» - «Yo‘q, men o‘zim shunday qildim - jamoaga tezroq qaytgim keldi. Yigitlar bilan birga bo‘lish maroqli».

«REAL» - 14 NAFAR FUTBOLCHI

Ispaniya terma jamoasining musobaqadan barvaqt chiqib ketishi La Liga murabbiylari uchun ayni muddao bo‘ldi.

Shaxsan «Real»ga esa dastlabki rasmiy uchrashuv borasida ham omad kulib boqdi: UYEFA Superkubogi uchun bahs 15 avgust sanasida o‘tkazildi. Demak, jamoaga 8 avgustda qaytgan Luka Modrich ham jangga shay bo‘lishga ulgurdi. Mateo Kovachich esa «Chelsi» safiga borib qo‘shildi.

«CHELSI» - 13 NAFAR FUTBOLCHI

2018 yilning yozgi taqvimidan xafa bo‘lishga hammadan ko‘ra Maurisio Sarri haqliroq. «Ko‘klar» yetakchilarining yig‘inlardan chetda qolishgani italiyalik mutaxassisni xunob qildi: «Kurtua, Azar hamda Villianlarning tarkibda ekanligidan mamnunman. Ammo ularning keyingi taqdiri menga bog‘liq emas. Biz kutishga majburmiz. Umid qilamanki, ular qoladilar».

Biroq Angliya Superkubogi bellashuviga atigi 7 nafar termachining kelganligi Sarrining sabrini ado qildi: «Meni Kurtuaning agenti emas, o‘zi qiziqtiradi». To‘g‘ri, Tibo bilan uchrashishga murabbiy ulgurmadi. Lekin tarkibdagi boshqa o‘yinchilar Kobxemga qaytishdi.

«BARSELONA» - 12 NAFAR FUTBOLCHI

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 13:33, 27.08.2018.
O'qildi: 15411 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик