Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Abdumavlon Abdujalilov: «Neftchi» ikkinchi bosqichda so‘nggi o‘rindan yuqorilaydi

Abdumavlon Abdujalilov: «Neftchi» ikkinchi bosqichda so‘nggi o‘rindan yuqorilaydi

Baho:
+ | -

Superliga bahslarida birinchi bosqich yakunlandi. Jamoalar endilikda 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi.

Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik PEPSI Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi. Jamoalar endi o‘z guruhi doirasida uy-safar tizimida jami 10 ta uchrashuv o‘tkazishadi.

“Neftchi” jamoasi darvozaboni Abdumavlon Abdujalilov PFL rasmiy saytiga birinchi bosqich taassurotlari hamda yangi boshlanadigan bosqichdan nimalar kutayotgani haqida so‘zlab berdi.

- PEPSI Superliga bahslari ancha shiddatli tarzda kechyapti. Bunga birinchi bosqichning deyarli barcha uchrashuvlarida guvoh bo‘ldik. Jamoalar har bir o‘yinda imkon qadar ochko yo‘qotmaslikka urinishyapti. Bu yil raqobat oshgani chindan bilinyapti.

Har bir uchrashuvning bayramona tarzda tashkil etilayotgani esa muxlislarni ham, futbolchilarni ham quvontiryapti. Zero o‘yinning ko‘pchilik diqqat-markazida ekanini ko‘rish yoqimli. Qolaversa, uchrashuvlarning TV orqali namoyish etilayotganini ham maqtash kerak. Agar o‘yin TVda namoyish etilsa, maydonda yuz berayotgan voqealarni barcha ko‘radi. Bu orqali shaffoflik ham ta’minlanadi, ortiqcha gap-so‘zlarga chek qo‘yiladi.

Milliy chempionatimizning Superligaga aylantirilgani, o‘yin atrofida amalga oshirilayotgan tashkilotchiliklar stadionlarda muxlislar tashrifi oshishini ta’minlamoqda. Bu juda ijobiy holat. Yaqin yillar ichida ushbu o‘zgarishlarning samarasi yaqqol ko‘rinadi. Umuman olganda, Superliga-2018ning birinchi bosqichidan ijobiy taassurotlar qoldi, deya olaman.

Faqatgina jamoamizning musobaqa jadvali quyi pog‘onasini egallab turgani kishini hafa qilmoqda. To‘g‘risi, jamoamiz so‘nggi o‘rinni egallab, kam ochko jamg‘argan bo‘lsa ham, aslida o‘yinlarni u qadar yomon o‘tkazmadik. Ko‘pincha o‘yinni durang bilan yakunladik. Birinchi bosqich oxiriga kelib esa ancha o‘yinimiz qovusha boshladi.

Ana endi jamoalar ikki guruhga ajratiladi. Superligada qolish uchun kurashadigan jamoalar ochkolariga e’tibor qaratsak, bizdan yuqoriroqda turgan klublar bilan o‘rtamizdagi farq u qadar katta emas. Bu esa hali bizda ham xavfli zonadan uzoqlashishga imkoniyat yetarli ekanini anglatadi.

“Neftchi” jamoasi ikkinchi bosqichni yuqori kayfiyatda o‘tkazib, har bir uchrashuvda chiroyli o‘yin namoyish etishga, muhim ochkolarni qo‘lga kiritib, muxlislarini xursand qilishga urinadi. Men ishonaman, “Neftchi” hali bemalol xavfli zonani tark etadi va musobaqa jadvalida yuqorilaydi, - dedi mahoratli darvozabon.  

“Neftchi” jamoasi matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 19:12, 27.08.2018.
O'qildi: 2557 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.