Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“Dinamo” — “Xorazm” o‘yiniga nega 15 daqiqa vaqt qo‘shib berildi?

“Dinamo” — “Xorazm” o‘yiniga nega 15 daqiqa vaqt qo‘shib berildi?

Baho:
+ | -

Pro-Liga 23-turidan joy olgan “Dinamo” — “Xorazm” o‘yinida futbolda kam kuzatiladigan holat ro‘y berib, bosh hakam Igor Xudoydatov uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga 15 daqiqa vaqt qo‘shib bergan.

Bunga qadar mehmonlar hisobda oldinda borayotgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda samarqandlik futbolchilar 2 ta gol urib, g‘alabani ilib ketgan. Mazkur holat esa futbol muxlislarida shubha uyg‘otgan. Shundan kelib chiqib, PFL komissiyasi “Dinamo” — “Xorazm” uchrashuvini o‘rganib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda to‘xtalishlar vaqti 15 daqiqadan oshib ketganligi fakt. Mazkur holat videoda o‘z ifodasini topgan. Mehmonlar uchrashuv vaqtini ochiqchasiga cho‘zishga intilgan. Qo‘shimchasiga, bosh hakam tomonidan maydondan chetlashtirilgan darvozabon G‘ayrat O‘dayevning maydondan chiqib ketishiga 6 daqiqa vaqt kerak bo‘lgan.

O‘dayev uchrashuvning 51-daqiqasida hakam qaroriga jiddiy e’tiroz bildirgani uchun ogohlantirilgan. Mazkur holat videoda yaqqol ko‘ringan. 63-daqiqaga kelib esa darvozabon to‘pni o‘yinga kiritishni paysalga solib, maydon tashqarisidagi futbolchi bilan gaplashib turavergan. Keyin esa hakam bilan “suhbatini” davom ettirgan va maydondan chetlatilgan.

Uchrashuvni o‘rganib chiqish jarayonida shubhali bo‘lib ko‘ringan qo‘shimcha 15 daqiqa, darvozabonning maydondan chetlatilishi, “Xorazm” darvozasiga penalti belgilanishida hakamning xatosi ko‘rinmadi. Uning hatti-harakati o‘yin natijasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmagan. Bu kabi holatlarda futbolchilar o‘z zimmasidagi vazifani bajarishi — futbol o‘ynashi kerak. O‘yin vaqtini sun’iy cho‘zish kabi illatni esa oqlab bo‘lmaydi. O‘zini hurmat qilgan, raqib ko‘ziga tik boqa oladigan va o‘z kuchiga ishongan futbolchilar bunday illatlardan uzoqda bo‘lishi shart.

Yana bir jihatga e’tibor qaratish kerak. “Xorazm” futbol klubi Samarqandga bir dona darvozabon bilan tashrif buyurgan. Darvozabonning ehtimoliy jarohatini ham inobatga olganda, mehmonlarning bu ishini tushunish qiyin. Shuningdek, zaxira o‘rindig‘ida ikki murabbiydan boshqa hech kim bo‘lmagan. Klub o‘yinga shifokorsiz kelgani uchun, “Dinamo” klubi shifokorlari har ikki jamoa futbolchilariga ham yordamga yugurgan. Ikkinchi bo‘limda asosan mehmonlar “jarohat olgani” inobatga olinsa, “Xorazm” klubi mutasaddilarining ishini professionallikka yo‘yib bo‘lmaydi.

PFL klublardagi moliyaviy holatdan xabardor. Shuning uchun ham qarzdorliklar masalasi kuz fasliga qadar cho‘zib kelindi, klublarga imkoniyat berildi. Haqiqat shundan iboratki, klublarga 10—20 yillar davomida talab va munosabat shunday bo‘lgan uchun ham ligada o‘sish yo‘q. Shuning uchun ham PFL Pro-Liga klublariga Superliga jamoalariga qo‘yilgan shtat-jadvali talablarini yuborgan. Talab qattiq bo‘lmasa, hozirgi holat yana bir necha yillar davom etishi mumkin.

PFL komissiyasi o‘yinni o‘rganib chiqish jarayonida mehmonlar darvozaboni G‘ayrat O‘dayevning hatti-harakatiga o‘z e’tiborini qaratdi. O‘yin vaqtini cho‘zish, hakamning ishiga halal berish, provakasiyaga qo‘zg‘ash kabi harakatlari uchun darvozabon “Xorazm” ishtirokidagi 2 ta o‘yindan chetlashtirildi hamda unga 5 million so‘m jarima solindi.

Shuningdek, “Xorazm” futbol klubi keyingi uchrashuvlarga ham shunday munosabatda bo‘lib, o‘yinga ma’mur hamda shifokorsiz tashrif buyursa, klub futbolkalari o‘yin uchun tayyor bo‘lmasa — jamoa texnik mag‘lubiyat qabul qilib oladi va o‘yinga chiqarilmaydi. Bu talab Pro-Liganing barcha klublari uchun birdek tegishlidir. PFL bir oy avval Pro-Liga klublari uchun ham shtat jadvali taqdim etgan bo‘lib, unda klubda qanday xodimlar bo‘lishi kerakligi aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Demak, ortiqcha savolga o‘rin qolmasligi kerak.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:31, 27.08.2018.
O'qildi: 5883 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.