Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ - Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) - Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha - Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos - Bayer
19/02 01:00 Bryugge - Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt - Inter

YECHL. Guruh bosqichiga tashlanadigan qur’a haqida barcha ma’lumotlar

YECHL. Guruh bosqichiga tashlanadigan qur’a haqida barcha ma’lumotlar

Baho:
+ | -

Bugun, 30 avgust kuni Monakoda Yevropa chempionlar ligasi 2018/2019 mavsumining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Ushbu marosim haqida foydali ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Saralash bosqichi haqida
Xabaringiz bor, ushbu mavsumda saralash bosqichi yangi formatda o‘tkazildi. Ya’ni 26ta klubga to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichi yo‘llanmasi taqdim etilgan bo‘lsa, qolgan 6ta yo‘llanma egasi saralash bosqichi orqali aniqlandi.

Savatchalar tarkibi haqida
Qur’adan oldin jamoalar 4ta savatchaga taqsimlanadi. Birinchi savatchadan YECHL va Yevropa ligasining amaldagi g‘olibi hamda UYEFA reytingida yuqori o‘rinni egallagan 6ta mamlakatning chempionlari o‘rin olishadi.

1-savatcha: «Real», «Atletiko», «Barselona», «Bavariya», «Manchester Siti», «Yuventus», «PSJ», «Lokomotiv»;

2-savatcha: «Borussiya» Dortmund, «Portu», «Manchester Yunayted», «Shaxter», «Benfika», «Napoli», «Tottenxem», «Roma»;

3-savatcha: «Valensiya», «Liverpul», «Ayaks», «Shalke», «Lion», «Monako», SSKA, PSV;

4-savatcha: «Srvena Zvezda», «Viktoriya» Plzen, «Bryugge», «Galatasaroy», «Yang Boyz», «Inter», «Xoffenxaym», AYEK.

Qachon va qayerda?
Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi. Tadbir FUTBOL TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.


Qur’a tartibi haqida
Bitta savatchadan o‘rin olgan jamoalar bir guruhdan o‘rin olishmaydi. Shuningdek, bir mamlakat vakillari bitta guruhdan o‘rin olishmaydi. Ular turli guruhlardan o‘rin olishadi.

Qur’a tashlash marosimida quyidagi nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblarga sovrinlar topshiriladi.
— Mavsumning eng yaxshi futbolchisi;
— Mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi;
— YECHL-2017/18ning eng yaxshi darvozaboni;
— YECHL-2017/18ning eng yaxshi himoyachisi;
— YECHL-2017/18ning eng yaxshi yarim himoyachisi;
— YECHL-2017/18ning eng yaxshi hujumchisi;

Mavsum taqvimi

Guruh bosqichi
1-tur — 18/19 sentyabr
2-tur  — 2/3 oktyabr
3-tur  — 23/24 oktyabr
4-tur  — 6/7 noyabr
5-tur — 27/28 noyabr
6-tur — 11/12 dekabr

Nimchorak finalga qur’a tashlash marosimi — 17 dekabr

Nimchorak finalning dastlabki o‘yinlari — 12/13/19/20 fevral
Nimchorak finalning javob o‘yinlari — 5/6/12/13 mart

Chorak finalga qur’a tashlash marosimi — 15 mart

Chorak finalning dastlabki o‘yinlari — 9/10 aprel
Chorak finalning javob o‘yinlari — 16/17 aprel

Yarim finalga qur’a tashlash marosimi — 19 aprel

Yarim finalning dastlabki o‘yinlari — 30 aprel/1 may
Yarim finalning javob o‘yinlari — 7/8 may

FINAL — 1 iyun. "Metropolitano", Madrid

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:08, 30.08.2018.
O'qildi: 45952 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.