Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Osiyo o‘yinlari-2018. Kanoeda yana bir «bronza» qo‘lga kiritildi

Osiyo o‘yinlari-2018. Kanoeda yana bir «bronza» qo‘lga kiritildi

Baho:
+ | -

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga yana bir medal qo‘shildi.

Kanoeda 1000 metr masofaga o‘tkazilgan juftliklar o‘rtasidagi bahsda Nurislom To‘xtasin o‘g‘li / Serik Mirbekov tandemi bronza medaliga ega chiqdi. Vakillarimiz muvaffaqiyatli start olmadi. Shunga qaramay, hamyurtlarimiz tezlikni oshirib borishdi va yakunda sovrindorlar qatoriga kirishdi.

Ushbu masofada chempionlik xitoylik juftlikka nasib etgan bo‘lsa, qozog‘istonlik aka-uka Yemelyanovlar kumush medalni qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa, kanoe va baydarkada eshkak eshuvchilarimiz bugun mamlakatimiz hisobiga oltin, kumush va 2ta bronza medallarini keltirishdi.

O‘zbekiston delegasiyasi hisobida 13ta oltin, 18tadan kumush va bronza medallari bor. Osiyo o‘yinlaridagi jami medallarimiz 49taga yetdi. Umumjamoa hisobida 6-o‘rinni egallab turibmiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:57, 30.08.2018.
O'qildi: 3491 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик