Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Osiyo o‘yinlari. Svetlanaga oltin, Nadiyaga kumush medal topshirish marosimidan fotoreportaj

Osiyo o‘yinlari. Svetlanaga oltin, Nadiyaga kumush medal topshirish marosimidan fotoreportaj

Baho:
+ | -

Kecha, 29 avgust kuni Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlari musobaqasining o‘n birinchi kunida yengil atletikachi qizlar Svetlana Radzivil oltin, Nadiya Dusanova esa kumush medal sohibasiga aylangan edilar.
 
Bugun, 30 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 16:00 da ularni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ishtirok etib, o‘zbekistonlik sportchilarga medallarni topshirdi.















Eslatib o‘tamiz, yengil atletika bo‘yicha balandlikka sakrash bahslarida Svetlana Radzivil 1,96m natija bilan Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi va oltin medalga ega chiqdi. Unga raqiblik qilgan Nadiya Dusanova esa 1,94m balandlikni zabt etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
 
Shuningdek, Svetlana Radzivil 1,96m balandlikni zabd etib, Osiyo o‘yinlari rekordini yangiladi. Bundan avvalgi rekord Svetaning o‘ziga (2010 yil, 1,95m) tegishli edi.
 
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston sport delegasiyasining umumjamoa hisobidagi medallari soni bugun 52 taga yetdi. Ularning 15 tasi oltin, kumush 19 ta va bronza 19 ta. O‘zbekiston sport terma jamoasi onlayn tabloda 6-o‘rinni egallab turibdi.

Suratlar muallifi Hasan Pirmuhammedov

Kiritildi: 17:23, 30.08.2018.
O'qildi: 3776 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.