Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Osiyo o‘yinlari. O‘n ikkinchi kunda 8 ta medal, ularning 3 tasi oltin

Osiyo o‘yinlari. O‘n ikkinchi kunda 8 ta medal, ularning 3 tasi oltin

Baho:
+ | -

Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining o‘n ikkinchi kuni ham yakuniga yetdi. Bugun o‘zbekistonlik sportchilar jami 8 ta medalni delegasiya hisobiga qo‘shib qo‘ydilar. 

Jumladan, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova/Nilufar Zokirova tandemi marraga ikkinchi bo‘lib yetib bordi va kumush medalni qo‘lga kiritdi. 

Eshkak eshish bo‘yicha yana bir sportchi Vadim Menkov Osiyo o‘yinlarining to‘rt karra chempioniga aylandi.Vadim marraga birinchi bo‘lib yetib bordi va yakunda musobaqa g‘olibiga aylandi. 

Bu Vadim uchun Osiyo o‘yinlaridagi to‘rtinchi oltin bo‘lib, bungacha u Doxa, Guanchjou va Inchxonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lgan. U bunday natijaga erishgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘ldi. 

Shundan so‘ng eshkak eshuvchilardan yana bitta medal qo‘lga kiritildi. 1000metrga juftlik bahslarida startga chiqqan Shahriyor Mahkamov va Shohruhbek A’zamov marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘ldilar. 

1000 metrga kanoeda eshkak eshgan Nurislom To‘xtasin o‘g‘li va Serik Mirbekov juftligi marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi va bronza medali bilan taqdirlandi. 

Kunning ikkinchi yarmi o‘zbek kurashining jahondagi tantanasi bilan boshlandi.YA’ni, Kumush Yuldasheva Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston hisobiga 14-oltin medalni taqdim etdi. Bu kurashchilarning Osiyo o‘yinlaridagi o‘ninchi medali bo‘ldi.

Shundan so‘ng, yana kurashda o‘zbekcha final bo‘lib o‘tdi.SHermuhammad Jandreev vatandoshi Yahyo Imomovni mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqdi. Yahyo Imomov esa kumush medal bilan cheklandi. 

Shuningdek, bugunning eng oxirgi medalini dzyudo bo‘yicha Gulnoza Matniyazova oldi. U bronza medali uchun bahsda xitoylik Ya Juni mag‘lub etib O‘zbekiston delegasiyasiga 53-medalni taqdi etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston sport terma jamoasi Osiyo o‘yinlari-2018 musobaqasining o‘n ikkinchi kunida jami 8 ta medalni hisobiga “+” qildi. Ularning 3 tasi oltin, 2 tasi kumush va yana 3 tasi bronza hisoblanadi. 

O‘zbekiston sport terma jamoasi umumiy ro‘yxatda bir o‘ringa ko‘tarilib, 6-o‘ringa chiqdi. Ro‘yxatning kuchli uchligini yana Xitoy (241 ta medal umujamoa hisobida), Yaponiya (174) va Janubiy Koreya (141) egallab turibdi.

Kiritildi: 22:05, 30.08.2018.
O'qildi: 5736 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.