Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Qizilqum” futbolchilari kecha yig‘in doirasida ilk nazorat uchrashuvini Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
JAR stadionida kechgan bellashuv anchayin qiziqarli kechib unda “Qizilqum” raqibini ishonchli tarzda mag‘lub etdi -3:1.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsada, ikkinchi bo‘limda darvozalarga to‘rtta gol kiritildi. Dastlab Artur Gevorkyan hisobni ochdi. Darvoza ustuniga tegib qaytgan to‘pni takroriy zarbada Artur darvozaga aniq yo‘lladi. Oradan ko‘p o‘tmay Elguja Grigalashvili o‘z qanotidan ajoyib “reyd” uyushtirdi va raqib futbolchilarining ketma-ket aldab o‘tib, to‘pni qulay vaziyatda turgan Doniyor Usmanovga uzatdi. Futbolchimizning zarbasini Lobanov qaytarishga ojizlik qildi.
Keyinchalik Elguj Grigalashvilining o‘zi ham “Paxtakor” posbonini dog‘da qoldirishning uddasidan chiqdi-0:3. Toshkentliklar safida Sobirjonov yagona javob goli muallifiga aylandi.
“Qizilqum” yig‘in davomidagi navbatdagi nazorat bellashuvini 6 sentyabr kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan o‘tkazadi.
Nazorat uchrashuvi. 30.08.2018.
“Paxtakor” – “Qizilqum” 1:3
Toshkent. JAR stadioni.
Bosh hakam: Jasur Muxtorov.
"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Ibrohimov, Mario Simich, Kamol Tojiyev, Alisher Salimov, Jahongir Ahmadov, Bahrom Abdurahimov, Jamshid Iskanderov, Tiago Bezerra, Dragan Cheran, Ismael Gonsalvesh.
“Qizilqum”: Yevegeniy Cheremisin, Erkin Baydullayev, Alisher Sanoyev, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Samandar Shodmonov, Elguja Grigalashvili, Eldor Boymaytov, Nemanya Yovanovich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Georgi Kvesiyeshvili, Doniyor Usmanov, Elguja Grigalashvili, Humoyun Abdualimov, Akmal Rustamov, Bekzod G‘anijonov.