Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Osiyo o‘yinlari. Delegasiyamizning 60-medali — kumush

Osiyo o‘yinlari. Delegasiyamizning 60-medali — kumush

Baho:
+1 | -

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo O‘yinlarida sportchilarimiz navbatdagi medalni qo‘lga kiritishdi.

Baydarka bo‘yicha ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan ikkilik bahslarida Yekaterina Shubina va Yuliya Borzovadan iborat tandem finishga ikkinchi bo‘lib yetib kelishdi. Bu yo‘nalishda ham g‘oliblik Xitoyga nasib etdi. Xitoylik qizlar hamyurtlarimizni 3 soniyaga ortda qoldirishdi. Uchinchi o‘rin esa yaponiyaliklarga nasib etdi.

Baydarka musobaqasida yana bir final bizni kutib turibdi. Ayollar to‘rtlikda 500 metr masofaga Toshkent vaqti bilan 09:30da startga chiqishadi. Unda O‘zbekiston sharafini Natalya Kazanseva, Yuliya Borzova, Yekaterina Shubina, Ksenya Kochneva himoya qilishadi.

O‘zbekiston delegasiyasining Osiyo o‘yinlaridagi medallari soni 60taga yetdi — 15ta oltin, 21ta kumush va 24ta bronza.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:40, 01.09.2018.
O'qildi: 4719 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик