Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

24 yil deganda tarix yangilandi! Oltinlar 21 ta, jami medallar 70 taga yetdi

24 yil deganda tarix yangilandi! Oltinlar 21 ta, jami medallar 70 taga yetdi

Baho:
+5 | -1

Osiyo o‘yinlari musobaqasida erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha musobaqalar yakuniga yetdi.Bugun, 1 sentyabr kuni O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolari o‘zlarining final janglarini o‘tkazdilar. 

Hal qiluvchi janglarning ikkitasida vakillarimiz imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Dastlab Hasanboy Do‘stmatov hindistonlik kuchli raqibiga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 60 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov mongoliyalik raqibiga yengildi va kumush medal sohibiga aylandi. 

Quvonarlisi, qolgan besh nafar bokschilar o‘z vazn toifalarida raqiblarini mag‘lub etdilar va O‘zbekiston sport delegasiyasi hisobiga 5 ta oltin medalni taqdim etishdi. 

Jasurbek Latipov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Iqboljon Xoldorov, Bobousmon Boturov va Isroil Madrimovlar bugun O‘zbekiston xalqiga cheksiz quvonch ulasha olishdi va Mustaqillik bayramiga chinakam sovg‘a tayyorlashdi.

Jakarta shahridagi “Jiexpo” janglar arenasida bo‘lib o‘tgan bahslarni jurnalist Akmalxon Eshonxonov voqea joyidan yoritib bordi. 

Bu yerda haqiqiy jang bo‘ldi, bunday kurashlarni arenaning o‘zida ko‘rish hammaga ham nasib etavermaydi. O‘zbekistondan kelgan muxlislar, sportchilar, futbolchilar bugun bir jamoa bo‘lib bokschilarni qo‘llab-quvvatladi. Shu kuni arenada O‘zbekiston bayrog‘i besh marta yuqoriga ko‘tarildi, madhiyamiz besh marta eshittirildi. Qo‘llarim ko‘ksimga besh marta tegdi. Mendan tashqari, yana millionlab o‘zbekistonliklar qo‘llarini ko‘ksilariga qo‘yib, baland ovozda madhiyamizni kuylayshdi. Bularning sababchisi albatta, yuqorida nomi aytib o‘tilgan bokschilar bo‘ldi. Kumush olganlaridan ham xafa emasmiz. 

Shu kuni hatto mezbonlar ham O‘zbekistonga muxlislik qilishdi. Ikki mamlakat odamlari orasida sezilarli rishta paydo bo‘ldi. O‘zbekiston sport delegasiyasining Osiyo o‘yinlari-2018da ishtirok etgan tarkibi bugunga kelib, tarixni yangiladi. Gap shundaki, medallar soni va sifati bo‘yicha ham bu tarkib o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Kurash va boksda eng ko‘p medallar olingan bo‘lsa, qolgan sport turlarida ham ishtirokchilar o‘zlarini eng yaxshi taraflarini ko‘rsata oldilar. Osiyo o‘yinlari bungacha 6 marta o‘tkazilgan, o‘zbekistonliklarning o‘sha musobaqalardagi natijasi bu yilgidagi bo‘lmagan edi. Eron, Qozog‘iston kabi mamlakatlar 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida ortda qoldirildi. 

Bunday natija ham hali tarixda kuzatilmagandi. 1994 yildan beri O‘zbekiston sport delegasiya hisobida 21 ta oltin bo‘lmagan. Bugun musobaqalar yakuniga yetadi. Ertaga rasman yopilish marosimi o‘tkaziladi. Bu yilgi musobaqani voqea joyidan yoritish uchun O‘zbekistonning eng yetakchi 20 nafar ommaviy axborot vositalari Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlariga keldi. 

O‘zbekiston 1994 yildan beri Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan bo‘lsa, garchi bu vaqtga qadar sportchilarning ishtiroklari bu qadar keng yoritilmagan edi, bu ham o‘ziga yarasha medallar soniga ta’sirini ko‘rsatdi. Mana hozirgina sambo sport turi bo‘yicha Kamollidin Holmatov 21-oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bugunga kelib, O‘zbekistonda sport soxasi katta tezlik bilan rivojlanayotganini natijalardan ham ko‘rib, payqash mumkin. 

Rahbarlarning o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshayotganlari hamda o‘z yurti dovrug‘ini tanitish maqsadida hatto uxlamasdan ishlayotgani samarasi mana bugun ro‘yobga chiqmoqda. Bunday rahbarlar, sportchilar, muxlislar va albatta uzoqda bo‘lsa ham bizni qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston xalqiga katta rahmatlar aytamiz! Bugun juda ham xursandman, chunki Vatanim, tug‘ilib- o‘sgan yurtim – O‘zbekiston xalqi yana bir bora qanday kuchga ega ekanligiga guvoh bo‘ldim. Yigitlar mehnat qilishda charchamang, sizlarga omad va ulkan zafarlar tilagan holda Jakarta shahridan Akmalxon Eshonxonov. 

Eng asosiy ma’lumotni berib o‘tmoqchiman, O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolari Osiyo o‘yinlari musobaqasida 5 ta oltin va 2 ta kumush medalni delegasiya hisobiga qo‘shib qo‘ydilar. Ayni vaqtda O‘zbekiston sport delegasiyasining umumjamoa hisobidagi medallar soni 70 taga yetdi, ularning 21 tasi oltin, 24 tasi kumush va yana 25 tasi bronza hisoblanadi!

Kiritildi: 15:52, 01.09.2018.
O'qildi: 15192 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.