Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Afsonaviy Konstantin Szyu Toshkentga tashrif buyurdi va yosh bokschilarga master-klass o‘tkazdi

Afsonaviy Konstantin Szyu Toshkentga tashrif buyurdi va yosh bokschilarga master-klass o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun poytaxtimizdagi «Universal» sport saroyida boks bo‘yicha sobiq Yevropa va jahon chempioni, professional boksda o‘z vaqtida WBC, WBA, IBF yo‘nalishlarida chempionlik kamariga egalik qilgan Konstantin Szyu ishtirokida master-klass tashkil etildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan ushbu tadbir yig‘ilganlar o‘rtasida katta qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Mahorat saboqlari oldidan akrobatik shou namoyish etildi. So‘ngra tadbirning asosiy mehmoni Konstantin Szyu davraga chiqib keldi va yosh bokschilar bilan mashg‘ulotlar olib bordi. O‘zbek boksining ertangi kun egalari o‘tkazilgan mahorat darslarida o‘zlari uchun yangi bo‘lgan bir qancha bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirdilar.

Ushbu master-klass tadbirni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan fahriylar va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida bir olam taassurot qoldirdi. Tadbir davomida muxlislar Szyu bilan suhbatlashib, suratga ham tushishdi.

Master-klassdan so‘ng o‘tkazilgan ko‘ngilochar tomoshalar ham tomoshabinlarga manzur keldi. Tadbir yakunida sobiq bokschiga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan maxsus sovg‘ani Bosh kotib Jasur Matchanov topshirdi.

«Yoshim ellikka yaqinlashib qoldi. Ammo, har kuni mashg‘ulot o‘tkazaman. Chunki, o‘zimga-o‘zim va’da berganman. Sizga ham maslahatim shu. O‘zingizga va’da bering va buni amalga oshiring. Mashg‘ulotlarni to‘xtatmang. O‘z maqsadingiz sari intilishda davom eting. Albatta orzuingizga erishasiz», – dedi Szyu o‘zbekistonlik yosh bokschilarga qarata.

Ma’lumotnoma

To‘liq ismi: Konstantin Borisovich Szyu

Laqabi: Thunder from Down Under

Fuqaroligi: Rossiya, Avstraliya

Tug‘ilgan sanasi: 1969 yil, 19 sentyabr

Tug‘ilgan joyi: Serov, Sverdlovsk oblasti.

Yashash joyi: Rossiya, Moskva.

Professional boksda: 34ta jang (31ta g‘alaba, 2ta mag‘lubiyat, 1ta jang amalga oshmagan)

Havaskor boksda: 282ta jang (270ta g‘alaba, 12ta mag‘lubiyat)

Jahon chempionatida:

1989 yil, bronza (Moskva)

1991 yil, oltin (Sidney)

Yevropa chempionatida:

1989 yil, oltin (Afina)

1991 yil, oltin (Gyoteborg).

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:30, 05.09.2018.
O'qildi: 3777 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.