Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Ektor Kuper Suriyaga qarshi o‘yin oldidan o‘zbekistonlik futbolchilarga bir gap aytdi

Ektor Kuper Suriyaga qarshi o‘yin oldidan o‘zbekistonlik futbolchilarga bir gap aytdi

Baho:
+ | -

Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston – Suriya o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan “Milliy” stadionda matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanning birinchi qismida O‘zbeiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etib, o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning futbolchilar va Vatan haqida aytgan so‘zlari olqishlarga sabab bo‘ldi.

“22 avgust kuni yig‘inga kirishgan bo‘lsak, birinchi ishni futbolchilarni inson sifatida o‘rganishdan boshladim. O‘zbekiston milliy terma jamoasining oldinngi o‘yinlari bilan tanishdim. Qo‘l ostimda jamlangan futbolchilar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazib ularning jismoniy tayyorgarligini kuzatdim. Hozirgi tarkib Suriya va Eron o‘yinlari uchun yig‘ilgan bo‘lib, keyingi o‘yinlarda tarkibga yangi o‘yinchilar ham jalb qilinishi ehtimoldan holi emas.

Terma jamoada mengacha ishlagan barcha murabbiylarning ishini hurmat qilaman. O‘yinchilarimiz texnik jihatdan juda ham yaxshi holatda. Mashg‘ulotlar jarayonida global o‘zgarishlar qilganimizcha yo‘q. Shu sabab ham birinchi o‘yindanoq mo‘’jizalar kutmasligingizni so‘rayman. Terma jamoa o‘yinidagi o‘zgarishlar eng kamida bir oydan so‘ng ko‘zga tashlanishiga umid qilyapman.

O‘yinchi tanlashda eng avvalo jismoniy holatiga e’tibor beraman. O‘z klubida yaxshi to‘p surayotgan barcha o‘yinchilarni kuzatishga harakat qilaman. O‘rtoqlik uchrashuvida qatnashmagan bo‘lsa ham, natija muhim o‘yinlarda klubida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchini terma jamoaga taklif qilishdan cho‘chimayman. Optimal holatdagi barcha o‘yinchilar uchun terma jamoaning eshiklari doimo ochiq.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomoniga men tomonimdan qo‘yilgan barcha talablar ijobiy qondirib kelinmoqda. Imkoniyatlarimdan kelib chiqqan holda harakat qilaman va ayrim kamchiliklar yuzaga keladigan bo‘lsa, buni bahona qilib ish uslubimni o‘zgartirmayman. Lekin shu kungacha hech qanday kamchilik kuzatilgani yo‘q.

Futbolchilarga aytadigan eng birinchi gapim, Vataningizni va terma jamoangizni doimo seving!

Biz asta-sekin barcha o‘yinchilarni, Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida qatnashgan futbolchilarni ham o‘rganamiz va imkoniyatlarini chamalab kerak bo‘lsa terma jamoaga taklif etamiz. Osiyo o‘yinlarida qatnashgan futbolchilarning ayrimlargi terma jamoani kuchaytira olish salohiyatiga ega. Dunyo amaliyotida mashg‘ulotlar jarayoni jurnalistlar uchun 15 daqiqa ochiq bo‘ladi va vaqt tugagach, jurnalistlardan mashg‘ulot jarayonini tark etishlarini so‘raymiz.

Shuningdek, anjumanda milliy terma jamoa sardori Odil Ahmedov ham fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Suriyaga qarshi o‘yinda oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bor imkoniyalarimizni ishga solamiz”.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston – Suriya uchrashuvi ertaga, 6 sentyabr kuni soat 20:00 da “Milliy” stadionda boshlanadi.

Kiritildi: 15:52, 05.09.2018.
O'qildi: 23081 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.