Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Milliard va Krishtianu yoxud «A» Seriyasi klublari transferlari haqida nimalarni bilish kerak?

Milliard va Krishtianu yoxud «A» Seriyasi klublari transferlari haqida nimalarni bilish kerak?

Baho:
+ | -

Italiya klublari tarixda birinchi marta bitta transferlar bozorida xaridlar uchun milliard yevrodan ko‘proq sarfladi. Soccer.ru sayti shu munosabat bilan barcha kelishuvlarga nazar solib, eng muhim va qiziqarli faktlarga alohida e’tibor qaratdi.

ENG MUHIM XARIDLAR (top-11)

1. Krishtianu Ronaldu (117 mln. yevro, «Real»dan «Yuventus»ga)

2. Joau Kanselu (40,4 mln. yevro, «Valensiya»dan «Yuventus»ga)

3. Duglas Kosta (40 mln. yevro, «Bavariya»dan «Yuventus»ga)

4. Raja Nainggolan (38 mln. yevro, «Roma»dan «Inter»­ga)

5. Leonardo Bonuchchi (35 mln. yevro, «Milan»dan «Yuventus»ga)

«Yuventus»ning 4ta xaridi birinchi beshtalikka kirdi. Turinliklar Krishtianu Ronaldudan tashqari, braziliyalik Duglas Kosta, portugaliyalik Joau Kanselu va «adashgan o‘g‘il» Leonarno Bonuchchini o‘z tomonlariga og‘dirishdi.

Xullas, «qora-oqlar» guruhida birgina Raja Nainggolan «begona». Belgiyalik yarim himoyachi Luchano Spalletti qistovi bilan «Roma» libosini «Inter»nikiga almashtirdi.

Barcha transferlar juda qiziqarli, shuningdek, mojaroli holatda rasmiylashtirilganlari ham bor. Har holda, Nainggolan va Bonuchchi eski klublari bilan yaxshilikcha xayrlashishmadi. Ronaldu transferini esa «syurpriz» sifatida baholash mumkin. Chunonchi, may oyida ham portugaliyalik yulduzning «Real»dan aynan «Yuventus»ga yo‘l olishini hech kim kutgan emasdi.

6. Mattia Kaldara (35 mln. yevro, «Yuventus»dan «Milan»ga)

7. Fabian Ruis (30 mln. yevro, «Betis»dan «Napoli»ga)

8. Stiven N~Zonzi (26,6 mln. yevro, «Sevilya»dan «Roma»ga)

9. Simone Verdi (25 mln. yevro, «Bolonya»dan «Napoli»ga)

   Samu Kastilyexo (25 mln. yevro, «Vilyarreal»dan «Milan»ga)

11. Xavyer Pastore (24,7 mln. yevro, «PSJ»dan «Roma»ga)

E’tibor qarating, top-11ga tushgan futbolchilardan 6 nafari Ispaniya klublaridan o‘tdi. Yana 4ta kelishuv ichki transferlar hosilasi, bulardan faqat «Bolonya» yetakchisi Simone Verdining «Napoli»ga yo‘l olgani «Yuventus»ga bog‘liq emas, xolos.

Ro‘yxat tashqarisida qolgan Gonsalo Iguainga alohida e’tibor qaratish kerak. «Yuve» vakili «Milan»ga ijara shartnomasi asosida o‘tdi - bir yillik summa 18 mln. yevro! Qolaversa, argentinalik bitimida ko‘rsatilgan maoshning katta qismini «rossonerlar» o‘z zimmalariga olishdi. Qisqasi, Italiyada yozgi transferlar bozorini aynan Turin superklubi qizdirdi.

ENG JIDDIY YO‘QOTISHLAR (top-10)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:08, 06.09.2018.
O'qildi: 5490 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик