Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Toshkentda Butunjahon qilichbozlik kuni nishonlandi

Toshkentda Butunjahon qilichbozlik kuni nishonlandi

Baho:
+ | -

Kecha, 6 sentyabr kuni poytaxtimizdagi «Ashhobod» bog‘ida Butunjahon qilichbozlik kuni nishonlandi. Unda yosh va taniqli qilichbozlar, murabbiylar, MDH mamlakatlaridan taklif etilgan mehmonlar, estrada xonandalari, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqar ekan, MOQ Bosh kotibi yaqin yillar ichida o‘zbek qilichbozlarini ham Olimp shohsupasida ko‘rish niyatida ekanligi haqida gapirdi.

«Ushbu bayram «Sport barcha uchun» shiori ostida tashkil qilinmoqda. O‘zbekiston Xalqaro qilichbozlik federasiyasining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi. Yaqin o‘tmishga nazar solar ekanmiz yurtimizdan sportning ushbu turi bo‘yicha jahon chempionlari, Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari yetishib chiqqaniga guvoh bo‘lamiz.

Milliy olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston qilichbozlik federasiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Ishonchim komilki, bu kabi ommaviy sport tadbirlarining o‘tkazilishi mamlakatimizda qilichbozlik sportini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirishga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, bugungi tadbir ishtirokchilariga omad va zafarlar tilayman. O‘zbekistonlik qilichbozlarni esa yaqin kelajakda yana Olimp shohsupasida ko‘rishdan umidvorman», – dedi Jasur Matchanov.

Tadbir davomida qiziqarli sahna ko‘rinishlari, qilichbozlik tarixiga bag‘ishlangan turli chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, murabbiy va sportchilar tomonidan master-klasslar namoyish etib berildi. Yig‘ilganlar uchun tanlov tashkil etildi va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad aholini qilichbozlikka qiziqtirish, ushbu sport turi ommaviyligini oshirishdir. Poytaxtimizda o‘tkazilgan Butunjahon qilichbozlik kuni yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:21, 07.09.2018.
O'qildi: 2665 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик