Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge

Alisher Usmonovni tabriklaymiz!

Alisher Usmonovni tabriklaymiz!

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 9 sentyabr kuni Xalqaro qilichbozlik federasiyasi Prezidenti, vatandoshimiz Alisher Usmonov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan Alisher Burxanovichni qutlug‘ 65 yoshi bilan muborakbod etamiz.

Alisher Usmonovning jahon sporti taraqqiyoti, Olimpiya harakati rivojida tutgan o‘rni beqiyos. Shuningdek, u kishi O‘zbekistonda nafaqat sport va ijtimoiy soha, balki, mamlakat iqtisodiyoti rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Biz buni yuksak qadrlaymiz va chuqur minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Shu bilan birgalikda Alisher Burxanovichning O‘zbekistonda qilichbozlik sport turini rivojlantirish, Respublikamizdagi eng katta stadion «Paxtakor» arenasini tubdan rekonstruksiya qilish va qayta qurish ishlariga bosh-qosh bo‘layotganligi bu insonning qay darajada vatanpavar ekanligidan darak beradi.

Hurmatli Alisher Burxanovich! Bugungi shodiyona kunda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, ishlaringizga rivoj tilaymiz. O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida hormay-tolmay uzoq yillar mehnat qilishingizni, kasbiy faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Biz sizdek vatandoshimiz bilan faxrlanamiz!

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 00:03, 09.09.2018.
O'qildi: 11420 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.