Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi Jilberto Silva Neymarning Braziliya terma jamoasi sardori bo‘lganiga munosabat bildirdi.
“Hozir Neymar uchun juda muhim palla. U barcha javobgarlikni mamnuniyat bilan qabul qilishi kerak. Unga ishonishdimi, demak, u haqiqiy yetakchi. Neymarning hali yosh ekanligi borasida tanqidlar bo‘lishi tabiiy, ammo u bu tanqidlarga e’tibor bermasligi kerak”, dedi Silva.