Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Maksim Shaskix: «Gollarim nechtaligini hisoblamasdim»

Maksim Shaskix: «Gollarim nechtaligini hisoblamasdim»

Baho:
+ | -

30 avgust kuni O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shaskix o‘zining 40 yillik yubileyini nishonladi. Shu munosabat bilan «InterFutbol»ning maxsus muxbiri Viktor Xoxlyukning ushbu futbolchi va uning rafiqasi Olesya bilan uyushtirgan in-tervyusini e’tiboringizga havola etamiz.

- Maksim, «Dinamo Kiyev»dagi 100-golingizni eslay olasizmi?

- Futbol o‘ynab yurgan vaqtlarimda gollarim nechta bo‘lganini hisoblamasdim. Men uchun muhimi jamoam g‘alabasi edi. To‘g‘ri, gol urish mening vazifam. Faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng matbuotda 100-golimni 2004 yili Italiyaning «Roma» klubi darvozasiga urganim haqida o‘qib qoldim.

O‘shanda biz rimliklar bilan YECHLda bir guruhdan joy olgandik. Kiyevdagi uchrashuvda «Roma»ni 2:0 hisobida mag‘lub etganmiz. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga tushganman. Braziliyalik Rinkonning to‘p uzatishidan so‘ng o‘rtadagi farqni ikkitaga oshirgandim.

- Ukraina klublaridagi faoliyatingiz davomida raqiblar darvozasini necha marta ishg‘ol qilgansiz?

- Bu sir emas - 171 marta. Ushbu raqamlarni OAVda e’lon qilishgan.

- Eng ko‘p golingizni «Dinamo» safida urganmisiz?

- Shubhasiz. Eng ko‘p o‘yinimni ham aynan «Dinamo» tarkibida o‘tkazganman. Jamoa men uchun allaqachon jonajon bo‘lib qolgan. 150ta golga ozgina yetmay qoldi. 142tada to‘xtab qolganman.

- Birga o‘ynagan futbolchilaringiz ichida eng kuchlisi kim?

- Men terma jamoada ham, klublarda ham o‘z ishining ustasi bo‘lgan futbolchilar bilan birga to‘p surganman. Lekin hayotdan ko‘z yumgan Valik Belkevichni alohida ta’kidlagan bo‘lardim. U bilan Kiyevning «Dinamo»sida birga to‘p surganmiz. Aynan uning to‘p uzatishlaridan so‘ng «Dinamo»dagi yarim golimni urganman, desam xato qilmayman.

- Legioner to‘purarlar klubi qachon tashkil etilganini eslay olasizmi?

- 2010 yilning iyulida. O‘shanda Kiyevning «Arsenal» jamoasida o‘ynardim. Havo harorati juda issiq edi. Kimlardir kondisioner tagida yashirinib o‘tirgandi. Biz esa Luganskda mahalliy «Zarya»ga qarshi to‘p surib, g‘alaba qozonganmiz.

O‘yin oxirida men penaltidan gol urgandim. Ayni payt hamma to‘purarlar jadvaliga nazar tashlab, sevimli jamoasining xorijlik futbolchilari nechta gol urganidan xabardor bo‘lib turadi.

- Olesya, Maksimning gollarini hisoblab borganmisiz? Ularning eng chiroylilarini ajratib qo‘yganmisiz?

- Ajratmasdik. Maksimning urgan gollari futbol uchun yetarli bo‘lgan. Oilamiz uchun asosiysi, Maksim o‘ynagan jamoaning g‘alaba qozonishi, sog‘lig‘i bo‘lgan. Gollar esa ke-yingi o‘rinda edi.

Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, Maksim uchun Vatani - O‘zbekiston eng muhimi. U futbol sirlarini «Paxtakor» maktabida Sergey Mixaylovich Kovalyovdan o‘rgangan. Milliy terma jamoa safida o‘ynadi. Maksim uchun bu shunchaki narsa emas. Vatan uning qalbida yashaydi.

- Sizningcha, qaysi jamoa safida o‘zining eng chiroyli gollarini urgan?

- Biz uchun Maksimning har bir goli go‘zal. Qaysilaridir supermuhim bo‘lgan, yana boshqasi chiroyli chiqqan. Ajratish qiyin.

- Maksim, O‘zbekiston terma jamoasidagi to‘purarlik rekordingizni yaqin orada yangilashlari mumkinmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 17:31, 10.09.2018.
O'qildi: 4126 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.