Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Izlansa Ektor Kuper, termamiz bo‘ladi super

Izlansa Ektor Kuper, termamiz bo‘ladi super

Baho:
+ | -

Ektor Kuper oldida terma jamoamiz miqyosida hal qilinishi zarur muammolar bisyor. Bu beixtiyor ulug‘ ijodkor Abdulla Qodiriyning XX asr 20-yillaridagi ruhiy holatini yodga soladi.

Buyuk yozuvchi «O‘tgan kunlar» romanida «Xalqimizning hozirgi ahvoli qanday va unga munosib lider - yo‘lboshchi bormi?» qabilidagi ulkan savolga javob izlagandi.

Roman voqealaridan ma’lumki, katta avlod vakili Yusufbek hoji va uning o‘rnini egallashi zarur hisoblangan Otabek liderlik missiyasini bajarisholmaydi. Asar yakunida donishmand Yusufbek hoji  uzlatga chekinadi, jasoratli Otabek esa yurt himoyasi yo‘lida mardlarcha halok bo‘ladi.

Xalqimiz uchun qadrli ushbu  obrazlar xususida muallif chiqargan yashirin xulosa shu qadar qayg‘uli va hasratlidir. Har ikki obraz Turkiston timsoli - suyukli Kumushni fojiadan asrab qololmaydi. Chunonchi, donishmandlik va jasurlik liderlik emas, albatta...

Argentinalik mutaxassis qo‘l ostida ham, hech shubhasiz, vatanparvar va mahoratli futbolchilar jamlanishgan. Biroq ularning qaysi biri kelajakda terma jamoamiz lideri darajasiga ko‘tariladi? Odil Ahmedov yangi yetakchiga qanday munosabatda bo‘ladi, uni qo‘llab-quvvatlaydimi?

Birdan porlab, yetuklik pallasini boshidan kechirayotgan Server Jeparovga ijobiy ma’noda raqobat tug‘dirgani Odilning esidami? U ko‘z o‘ngimizda o‘z vaqtini kutdi va asta-sekin bosh jamoamiz lideri maqomiga erishdi. Endi esa estafeta tayoqchasini kimgadir topshirishi kerak.

To‘g‘ri, bu mavzu muhokamasi ayrimlar uchun ertaroqday tuyulishi mumkin. Lekin vaqt kutib turmaydi va yangi yetakchi o‘z-o‘zidan tug‘ilib qolmaydi. Nazarimizda, Ektor Kuperni hozir ayni shu muammo qiynamoqda. U Misr terma jamoasida Muhammad Saloh salohiyatiga tayangani aniq. Hattoki, Saloh «Chelsi»da porlash imkonini topolmagan vaqtlarda ham unga katta ishonch bilan qaragandi.

«Liverpul» yulduzining optimal yoshi va havas qilarli funksional holati esa, Ektor Kuper g‘oyalari tantanasini ta’minladi. Endi esa...

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:54, 12.09.2018.
O'qildi: 9455 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.