Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Tartib-intizom Qo‘mitasi qarorlari

Tartib-intizom Qo‘mitasi qarorlari

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Tartib-intizom Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Pro liga

“Dinamo” – “Xorazm” uchrashuvining 90+11 daqiqasida raqib sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Xorazm” jamoasi futbolchisi M. Qurbonov 2 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi. 

“Surxon” – “Dinamo” uchrashuvining 57 daqiqasida tomoshabinlar sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Dinamo” jamoasi futbolchisi S. Izzatov 2 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. 

U-18 Birinchiligi

“Metallurg” – “Buxoro” uchrashuvining 61 daqiqasida “Buxoro” jamoasi murabbiyi sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Metallurg” jamoasi futbolchisi A. Mamarizayev 3 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi. 

 

“Buxoro” – “Navbahor” uchrashuvining 66 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro” klubi futbolchisi X.  Abdusattorov 2 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi. 

Ayollar chempionati

“Lokomotiv” – “Navbahor” uchrashuvining 35 daqiqasida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Navbahor” klubi futbolchisi M. Xursanova 2 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 500 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

“Sevinch” – “Buxoro” uchrashuvining 88 daqiqasida tartib-qoida bo‘yicha ish tutishni istamagani hamda o‘yinning bir necha daqiqa to‘xtab qolishiga ongli ravishda ta’sir o‘tkazgani uchun maydondan chetlatilgan “Buxoro” jamoasi murabbiyi O. Rajabov 5 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi. “Buxoro” klubiga murabbiy masalasini qaytadan ko‘rib chiqish tavsiya qilindi. Agar shunday holat yana takrorlansa, unga nisbatan yanada jiddiy choralar ko‘rilishi belgilandi.  

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 21:19, 12.09.2018.
O'qildi: 2022 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик