Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Luka Toni “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Italiyada 40 ta gol urish murakkab vazifa lekin, Ronaldu bundan ham ko‘proq uradi. U taktik sxemaga moslashib olishi kerak. “Yuve” shundoq ham g‘alaba qozonmoqda.
Ronaldu gol urishni boshlaganida raqib jamoalarga juda qiyin bo‘ladi. U ikki oyog‘i bilan ham tepadi, jarima maydonchasi tashqarisidan bosh bilan gol ura oladi”, - deydi Toni.