Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya

Milliy termadan superligaga: kurash davom etadi

Milliy termadan superligaga: kurash davom etadi

Baho:
+ | -

20 kun davom etgan milliy terma jamoa mavzusiga yakun yasash o‘laroq, Pepsi Superliga jamoalari bugundan o‘zlarining asosiy kurash maydonlariga chiqishadi. 18 avgustdan noma’lum muddatga to‘xtab qolgan asosiy musobaqamiz yana o‘z ishini davom ettiradi...

Bugun biz mamlakat chempionligi va Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmalari uchun kechajak kurashda qatnashadigan jamoalar, ularning imkoniyatlari xususida to‘xtalmoqchimiz. Chempionlik o‘z yo‘liga, lekin qit’aning eng nufuzli klub musobaqasida ishtirok etishga da’vogarlik qilayotganlar orasida hozircha Pro-liga vakillari «Andijon» va «Mash’al» ham bor.

«LOKOMOTIV» (chempionlik ehtimoli - 70%)

Mamlakatning amaldagi chempioni bu yilgi musobaqa g‘olibligi uchun ham asosiy da’vogar sanaladi. Jamoani Andrey Fyodorov qabul qilib olguncha ishlar unchalik yurishmagan bo‘lsada, keyinchalik ketma-ket qozonilgan g‘alabalar bilan barchasi o‘z iziga tushib ketdi.

Birinchi bosqichning so‘nggi turida mehmonda «Buxoro» ustidan qozonilgan minimal hisobdagi g‘alaba esa jamoani yana o‘zining asl o‘rniga qaytardi. «Lokomotiv»ni boshqa klublardan ajratib turadigan eng asosiy qurol - «temiryo‘lchilar»da tajribali va mahoratli futbolchilardan iborat ikkita bir xil tarkibi bor. Murabbiy o‘sha 22 futbolchidan istalgan paytda foydalanishi mumkin.

Mavsum davomida tarkib muammosiga deyarli duch kelmagan Andrey Fyodorov bu borada chempionlik kurashi davomida ham qo‘rqmasligi aniq. Bir yoki ikki nafar futbolchining kutilmaganda jarohat olishi yoki sariq kartochkalar tufayli o‘yinni o‘tkazib yuborishi kabi holatlar tarkibida raqobat hukmron jamoaga ta’sir o‘tkazolmaydi.

«PAXTAKOR» (chempionlik ehtimoli - 60%)

Mamlakat futboli bayroqdorini biz «Lokomotiv»dan keyingi ikkinchi asosiy da’vogar sifatida talqin etmoqchimiz. «Paxtakor»da chempionlik uchun barcha asoslar - yaxshi shakllangan tarkib, yetuk murabbiy va boshqa klublarda uchramaydigan (biroz qimmatroq) legionerlarga egalik bor bo‘lsada, qaysidir jihatlarda, baribir, Arveladze shogirdlari «Loko»dan biroz ortda qolishayotgani ko‘rinmoqda.

«Paxtakor» asosiy jadvalda o‘z ta’qibchilaridan o‘nlab ochko oldinga o‘tib ketganiga qaramay, chempionlik jadvalida 3-o‘ringa tushib qolgani bunga yaqqol misol. Ushbu fakt jamoaning asosan kuchsiz klublardan ochko to‘plaganligini anglatmoqda.

«Paxtakor»ning eng katta yutug‘i - bu «Metallurg»ning «elita»ga qo‘shilib olgani... desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Masalan, boshqa jamoalar mag‘lubiyatga uchragan turlarda «Paxtakor» Bekobod klubidan 3 ochko olishi mumkin.

Bunga sabablardan biri - o‘zi ijaraga bergan 5 nafar yetakchi futbolchisi poytaxt klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligidir. Xuddi shu jihat ustunlik berib, «Paxtakor» birinchi bosqichda hech bir jamoa ko‘rsatolmagan natijani qayd etgandi - mehmonda «Metallurg»ni 5:0 hisobida «yanchib tashlagandi».

«NAVBAHOR» (chempionlik ehtimoli - 40%)

Chempionlik kurashida poytaxt jamoalari bilan yakkama-yakka «olishishi»ga to‘g‘ri keladigan yagona «provinsiya» jamoasi. «Navbahor» hozirgi jadvalga ko‘ra yagona peshqadam bo‘lib turganiga qaramay, bu hol jamoaning yengil tin olishi uchun hech qanday asos bo‘lolmaydi - oldinda juda og‘ir va qiyin bahslar kutib turibdi.

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yuqori to‘rtlik jamoalari ancha zich joylashishgan va kichikkina xato ham Mo‘minjonov shogirdlarini pastga «uloqtirishi» hech gap emas.

«Navbahor»da «Lokomotiv» va «Paxtakor»dagi kabi yetuk ijrochilar bo‘lmasada, ularda mamlakatimizning hech bir klubida uchramaydigan ikki ustunlik bor: birinchisi, stadionda qo‘llab o‘tiradigan muxlislari bo‘lsa, ikkinchisi - jamoada murabbiy boshliq futbolchilardagi o‘ziga bo‘lgan ishonch. Aynan shu jihatlar mevasi o‘laroq, bugun «Nav-bahor» turnir jadvalida birinchi o‘rinda turibdi.

«BUNYODKOR» (chempionlik ehtimoli - 30%)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 15:25, 14.09.2018.
O'qildi: 3958 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.