Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Muhammad Saloh: «Hattoki restoranga ham borolmadim…»

Muhammad Saloh: «Hattoki restoranga ham borolmadim…»

Baho:
+ | -

Misr futboli yulduzi Muhammad Saloh Rossiya mundiali chog‘i mamlakat futbol rahbariyatining ishidan aslo qoniqmagan ko‘rinadi. Har holda, u bu borada ochiq-oydin gapira boshladi.

Qiziq, Chechenistonda «Liverpul» hujumchisiga aynan nima yoqmagandi? Grozniyda u va Misr termasi qanday noqulayliklarga duch kelgan?

O‘zi JCH o‘yinlari davom etayotgan kunlar ham Saloh mahalliy rahbarlarning jamoa bazasiga tez-tez bosh suqishlaridan zada bo‘lgani haqida gap-so‘zlar tarqalgandi.

Emishki, Checheniston prezidenti tashrifi sabab, futbolchining uyqusini ham buzishgan...

- Shaxsan men himoya ishlarini kuchaytirishni so‘radim. Bunda  faqat o‘zim emas, Misr termasining barcha futbolchilari xavfsizligini o‘yladim. Gap shundaki, jahon chempionati davom etayotgan bir pallada bizni juda ko‘p bezovta qilishdi.

Qolaversa, 2 marta restoranga bormoqchi bo‘ldim, ammo ruxsat berishmadi: «Yo‘q, xavfsizlik nuqtai nazaridan tashqariga chiqishingiz mumkin emas». Shuningdek, har qadamda odamlar qurshovida qoldim..., — dedi Saloh The Guardian nashriga bergan intervyusida.

Futbolchi bundan tashqari, turli mehmonlar bilan ko‘rishish, gaplashishdan charchaganini alohida ta’kidladi. Umuman olganda, u Misr futbol federasiyasiga qarshi chinakamiga jang boshlagan ko‘rinadi. Xabaringiz bo‘lsa, mundialdan oldin ham hujumchi va federasiya o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgandi.

Ya’ni rahbarlar Salohning o‘zini xabardor qilmay turib, uning suratini Misr termasi samolyotida aks ettirishgani mojaroga yo‘l ochgandi. Turnirdan keyin esa federasiya mas’ullari mamlakat futbolining birinchi raqamli yulduzi maktublariga javob bermay qo‘yishibdi.

Mo bu haqda «Tvitter»dagi sahifasida arab tilida yozdi. Xullas, APL-2017|2018ning bosh goleadori Misr termasi atrofidagi voqealardan mutlaqo norozi. Bunda Grozniyda ro‘y bergan voqealar o‘rni ham bor, albatta.

Xo‘sh, Checheniston poytaxtida Saloh bilan aynan nima yuz bergan? «Jamoamiz uchun aynan Grozniyni tanlashganidan manmunman. Bu yerda hammasi zo‘r», — degandi hujumchi iyun oyi boshida Checheniston zaminiga qadam qo‘ygach. Mo Misr termasining birinchi mashg‘ulotida jarohat tufayli qatnashmagan bo‘lsada, «Axmat-Arena»da ko‘rinish berdi.

U stadionga Ramzan Qodirov va Magomed Daudov hamrohligida kirdi. Umuman, o‘sha kuni arenada naq 8 ming muxlis to‘plandi. «Misr termasi va «Liverpul» bosh yulduzi Muhammad Saloh bilan yo‘lakka chiqqanimizda, tribunalarda kuchli hayririq ko‘tarildi. Biz stadionga The Local mehmonxonasidan stadiongacha borishda birga bo‘ldik.

Saloh Chechenistonda uni shunchalik sevishlari va hurmat qilishlarini ko‘rib, quvonish barobarida rosa hayajonlandi», — deb yozgandi respublika rahbari «Vkontakte» tarmog‘ida. Misrliklar JCHda omadsiz ishtirok etishdi, ha, Salohning o‘zi 2ta gol urdi, ammo jamoasining loaqal 1 ochko ololmay, guruh bosqichidan keyin ortga qaytgani - uning uchun yaqqol xafagarchilik.

Lekin bu hol Checheniston hukumatini aslo qiziqtirmasdi. JCH o‘rtalariga kelib, deyarli har kuni Salohga bog‘liq yangi-yangi xabarlar tarqaldi.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:56, 15.09.2018.
O'qildi: 14434 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.