AGMK klubiga qarashli stadion maysasi yaxshi holatda. Aprel-may oylarida maydon juda zo‘r holatda bo‘lgan va unga Pepsi Superliga futbolchilari ham yuqori baho bergan.
Ayrim konsert marosimlaridan keyin stadion maysasi bir qadar toliqqan. Ammo uning ravonligida o‘zgarish yo‘q, to‘p bemalol yumalashi, futbolchilar jarohat olmasliklari uchun choralar ko‘rilgan. Futbol o‘ynash uchun ajoyib muhit hukmron.
Stadion o‘rindiqlari yaxshi holatda. CIP sektorlar uchun yumshoq o‘rindiqlar buyurtma berilgan bo‘lib, ular mavsum yakuniga qadar Olmaliq shahriga yetib kelishi va o‘rnatilishi rejalashtirilgan. PFL talabidan keyin media-tribuna masalasida ham ijobiy o‘zgarishlar bor.
AGMK klubi rahbariyati maydon atrofidagi reklama bannerlari uzoq masofada turgani bo‘yicha ogohlantirish oldi. Buni klub vakillari konsert bilan izohlamoqchi bo‘ldi. Biroq bir oyda bo‘lib o‘tadigan taxminan 3 ta futbol uchrashuvi PFL talabi asosida tashkil etilishi shart. Tashkilotning ham o‘z homiylari bilan shartnomalari bor bo‘lib, ular so‘zsiz ado etilishi kerak. Bu boradagi qoidalardan klub vakillari xabardor (shuning uchun ham tijorat masalalari bo‘yicha mas’ul masalasi dolzarb).
Shuningdek, teletranslyasiya masalasida TV hodimlari uchun noqulayliklar mavjud. Offsayd uchun ishlaydigan kameralarga machta kerak bo‘ladi. Ular quyosh va yomg‘irdan himoyalanishi uchun soyabonlar ham. Markaz uchun ishlaydigan kameralarga esa oynavand arka halal beradi. Bir necha oylardan buyon bu masala klub tomonidan ijobiy hal qilib berilmagan. Yangi mavsumda klub bu kabi topshiriqlarni bajarishi shart qilib belgilandi. PFL komissiyasi klub stadionini tekshiruvdan o‘tkazayotganda bularning