Shu yil 4 sentyabr kuni Monakoda Yevropa CHL-2018|2019 guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Mana, bugun yangi mavsumning asosiy raundiga start beriladi.
Sir emas, YECHL - futbol olamida klublar o‘rtasidagi eng nufuzli va o‘ta serdaromad turnir hisoblanadi. Musobaqa ahamiyatini shundan ham bilish mumkinki, unga chiqolmagan jamoalar asosiy o‘yinchilarini sotishga majbur bo‘ladi.
Deylik, Moskvaning «Spartak» klubi guruh raundiga yo‘llanma ololmagach, moliyaviy yetishmovchilikni qoplash uchun to‘purar hujumchisi Kvinsi Promesni sotdi.
Demak, yangi mavsum starti oldidan turnirga doir qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqamiz.
G‘OLIB BO‘LISH VA FINALGA CHIQISH BO‘YICHA
* Shu kunga qadar Yevropa klublarining eng nufuzli sovrinini atigi 22ta jamoa qo‘lga kiritgan. G‘oliblar orasida «Real» yaqqol yetakchi - 13 marta. 2012 yili «Chelsi» turnir g‘olibi bo‘lganidan buyon yangi chempion bilan tanishganimiz yo‘q.
* Jami 13ta chempionat vakillari CHK|CHL finaliga chiqqan. Shundan 10tasi vakillariga sovrin yutish nasib etgan, faqat Gresiya, Belgiya va Shvesiya chempionati klublari yakuniy g‘alabani tantana qilmagan. Ispaniya Primerosi hisobida 18ta g‘alaba bor, Italiya «A» seriyasi bu borada ikkinchi o‘rinda - 12ta kubok. Fransuzlar ancha omadsiz hisoblanadilar: ular 6 marta finalga chiqib, atigi bir marta g‘oliblik nashidasini surishgan.
* Portugaliyaning «Benfika»si 7ta finaldan oxirgi 5tasida mag‘lubiyatga uchragan. Finalni boy berish bobida Lissabon klubi oldiga tushadigani yo‘q.
* Yangi mavsum finaliga o‘z stadionini taqdim etuvchi «Atletiko» hal qiluvchi o‘yinga 3 marta chiqib, barchasida yengilgan. «Stad de Reyms» va «Velensiya» jamoalari taqdiri ham shunga o‘xshash: 2tadan samarasiz final.
* 9ta jamoa CHL kubogini yutgan mavsum biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Bunday seriyani takrorlash faqat «Ayaks», «Liverpul», «Milan» va «MYU»ga nasib etgan, xolos.
* «Liverpul» va «Barselona» jamoalari bitta jihatda teng ko‘rsatkichga ega: 8tadan final, 5tadan g‘alaba.
* Turnirning ilk va oxirgi g‘olibi «Real» CHKda naq 15 mavsum uzluksiz ishtirok etgan: 1955|1956 - 1969|1970. Yangi formatdagi musobaqa bo‘yicha aytsak ham, bu borada aynan «Madrid» rekordchi hisoblanadi: Ispaniya grandi ketma-ket 21-mavsumni qarshi olyapti (1997|1998 yillar mavsumidan buyon).
CHL GVARDIYACHILARI
№ |
Futbolchi |
O‘yin |
Debyut yili |
Klublari |
1 |
Iker Kasilyas |
167 |
1999 |
«Real», «Portu» |
2 |
Krishtianu Ronaldu |
153 |
2003 |
«MYU», «Real» |
3 |
Xavi |
151 |
1998 |
«Barselona» |
4 |
Raul Gonsales |
142 |
1995 |
«Real», «Shalke» |
5 |
Rayan Giggz |
141 |
1993 |
«MYU» |
6 |
Andres Inyesta |
130 |
2002 |
«Barselona» |
7 |
Klarens Zeedorf |
125 |
1994 |
«Ayaks», «Real», «Inter», «Milan» |
7 |
Lionel Messi |
125 |
2005 |
«Barselona» |
9 |
Pol Skoulz |
124 |
1994 |
«MYU» |
10 |
Roberto Karlos |
120 |
1997 |
«Real», «Fenerbaxche» |
10 |
Zlatan Ibragimovich |
120 |
2001 |
«Ayaks», «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Milan», «PSJ», «MYU» |
Izoh: saralash bosqichidagi o‘yinlar inobatga olinmagan.
FAXRIY LEGION
* YECHLda 34 nafar futbolchi 100ta yoki ko‘proq o‘yinda maydonga tushgan. 2006 yilning 22 fevral kuni Raul Gonsales («Real») 100ta o‘yin marrasiga yetgan birinchi futbolchi bo‘lgandi.
* Iker Kasilyas - yangi asr darvozabonlari uchun etalon va CHL tirik ramzi (167ta o‘yin). Uni yaqin orada faqat Krishtianu Ronaldu quvib o‘tishi mumkin. Buning uchun Iker faoliyatini yakunlashi yoki CHLda ishtirok etmay turishi kerak.
* CHLda bitta klub uchun 100tadan ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar 12 nafar: Paolo Maldini («Milan»), Oliver Kan («Bavariya»), Rayan Giggz, Pol Skoulz, Gari Nevill («MYU»), Xavi, Karles Puyol, Andres Inyesta, Lionel Messi, Viktor Valdes («Barselona»), Jon Terri («Chelsi»), Serxio Ramos («Real»).
ISHTIROKCHILAR GEOGRAFIYASI
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.