Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Chempionlik uchun kurashayotgan “Navbahor” jarimaga loyiqmidi?

Chempionlik uchun kurashayotgan “Navbahor” jarimaga loyiqmidi?

Baho:
+ | -

 Superliga 23-turidan o‘rin olgan “Navbahor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘z navbatida har ikki tomon futbolchilari ham maydonda chiroyli o‘yin namoyish etib berishdi. Shu kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingoh chempionlik uchun kurashayotgan klublarning o‘zaro qarama-qarshiligini bevosita tomosha qilishni istagan muxlislar bilan to‘lib toshdi. Keskin va murosasiz ruhda o‘tgan bahsda ishqibozlar zavq olishdi, desak xato bo‘lmaydi. Lekin sholi kurmaksiz bo‘lmaganidek, ayrim madaniyatsiz muxlislarning amalga oshirgan xatti-harakatlari ko‘ngillarni xira qildi.

Muxlislar 4

Barchaga ma’lumki, joriy yilgi mavsumda “Navbahor” jamoasi ancha ishonchli o‘yinlar ko‘rsatib kelmoqda. Bu hol minglab namanganlik muxlislarning kayfiyatlariga ijobiy tomondan ta’sir qilmoqda, desak xato bo‘lmaydi. Ular Namangandagi uchrashuvlarda o‘yingohni deyarli har bir turda to‘ldirishmoqda. Bir qator klublar uy uchrashuvlari uchun kirishni bepul qilib qo‘ysada, o‘yingohni to‘ldira olmayotgan bir pallada namanganliklar qanday holat bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘yingohga oshiqishlari har qanday tahsinga loyiq. Lekin ayrim madaniyatsiz muxlislar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan holatlar mamlakatda eng yaxshi muxlislar nomini olishga ulgurgan namanganliklarga dog‘ bo‘lmoqda.

Muxlislar 5

“Paxtakor” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda ayrim madaniyatsizlarning o‘yingohdagi qilmishlari barchasidan oshib tushdi. Hakamning qaroridan norozi bo‘lgan ishqibozlarning xatti-harakatlarini oqlab bo‘lmaydi.

15 sentyabr kuni Namangan viloyat futbol assosiasiyasi, “Navbahor” futbol klubi rahbariyati, xodimlari va muxlislar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda bo‘lib o‘tgan holat tahlil qilindi. Tartibni buzgan 27 nafar muxlis aniqlanib, ularga tegishli choralar ko‘rildi. Ya’ni o‘sha ishqibozlarni yil oxiriga qadar Namangandagi “Markaziy” o‘yingohga kirishlari cheklandi. Bu kabi tezkor yig‘ilishlar oldinlari deyarli bo‘lmagan. Bu kabi holat yuzasini o‘rganib chiqib, tegishli choralar qo‘llanganligini ko‘pchilik eslolmasa ham kerak. Bir so‘z bilan aytganda, Namangan viloyat futbol assosiasiyasi va “Navbahor” futbol klubi tartib-intizomga rioya qilmaydigan muxlislar bilan jiddiy tarzda shug‘ullanishni boshladi. Bu hol esa o‘zining ijobiy samarasini berishi shubhasiz. Har holda bundan buyog‘iga har qanday muxlis ham o‘yin paytida tartibga bo‘ysunishga harakat qiladi. Umuman olganda yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Navbahor” klubga moddiy tomondan zarar keltiradigan tartibsiz muxlislarning qo‘llab-quvvatlashiga qarab qolgan emas. Madaniyatsizligini namoyish qilgan 27 nafar ishqibozning o‘rnini har qanday vaziyatda futbolni yaxshi tushuna oladigan va vaziyatlarga xolis baho bera oladigan undan ko‘proq muxlis egallashi mumkin. Shunday ekan, “Navbahor” futbol klubi Namangan xalqi nomiga dog‘ tushiradigan muxlislarga qarshi ayovsiz tarzda kurashishga bel bog‘lagan.

Kuni-kecha PFL tomonidan “Navbahor” – “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ro‘y bergan holat yuzasidan “Navbahor” futbol klubi 25 million so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Ayni paytda ko‘pchilikni “Chempionlik uchun kurashda “Paxtakor” va “Lokomotiv” kabi grand klublarga qarshilik ko‘rsatib, chempionatga keskinlik hamda shiddat kiritayotgan “Navbahor” jamoasi jarimaga loyiqmidi?” - degan savol qiynamoqda.

Xulosa esa o‘zingizdan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:38, 18.09.2018.
O'qildi: 3809 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.