Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Andijon» ertaga tarixni yangilaydi...mi?

«Andijon» ertaga tarixni yangilaydi...mi?

Baho:
+ | -1

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston Kubogining chorak finalining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkaziladi. PRO-Liga peshqadami bo‘lib turgan «Andijon» o‘z maydonida mamlakatimizning bayroqdor jamoalaridan biri bo‘lgan Toshkentning «Bunyodkor» jamoasini qabul qiladi.

Shubhasiz bo‘lajak o‘yinga har ikki jamoa ham puxta tayyorgarlik ko‘rib, o‘z oldiga yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ygan deyish mumkin.

Ertangi o‘yinga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Uchrashuvga chiqarilgan chiptalar sotuvi deyarli tugash arafasida. Negaki, maxalliy ishqibozlarni «Bunyodkor» bilan o‘yin juda-juda qiziqtirmoqda. Andijonlik muxlislar ertangi bahsda sevimli jamoasidan huddi «Navbahor» bilan Kubok doirasida ko‘rsatilgan o‘yindan kutishmoqda. Tabiiyki inshqibozlar klubning ham ertangi o‘yinga bo‘lgan tayyorgarlik ishlari avjida deyish mumkin. Uchrashuvni SPORT TV orqali jonli efir orqali ko‘rish mumkin bo‘ladi.

«Andijon» - «Bunyodkor» uchrashuvi oldidan e’tiboringizga qiziqarli ma’lumotlarni havola etishni lozim deya topdik.

Bu ikki klub o‘zaro 18 bor kuch sinashgan. Natijalar “Bunyodkor”ning katta ustunligini ko‘rsatmoqda. “Qaldirg‘ochlar” 14ta o‘yinda g‘oliblik nashidasini surishgan. 4ta o‘yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” o‘z tarixida bu raqibni umuman yenga olmagan. To‘p kiritish borasida ham ustunlik o‘z-o‘zidan “Bunyodkor” tomonida – 32:3. O‘zaro o‘ynlarda “Bunyodkor” 46 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Andijon” esa hozirgacha 4 ochko ishlab olgan.

“Bunyodkor”ning “Andijon” ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 4:0 (2015 yil). “Andijon” hisobida esa g‘alaba yo‘qligini yuqorida aytib o‘tdik.

Ushbu jamoalar so‘nggi marotaba 2016 yil Oliy liga doirasida ikki bor to‘qnash kelgan.

 Birinchi davrada Toshkentda o‘tgan o‘yinda “Bunyodkor” g‘alaba qozongan. O‘shanda «qaldirg‘ochlar»ning tunislik legioneri Shaker Zuagi bilan Dostonbek Hamdamov birinchi bo‘limda “burgutlar” darvozasiga to‘p kiritib “qaldirg‘ochlar”ga g‘alaba keltirgan – 2:0.

Mavsumning ikkinchi qismida, Andijondagi «Sog‘lom avlod» stadionida kechgan bahsda nursiz durang (0:0) qayd etilgandi.

FAKT! Andijonda o‘tgan o‘yinlarda "Bunyodkor" umuman mag‘lub bo‘lmagan.

Andijonda o‘tgan barcha uchrashuvlar:

03.11.2016.

«Andijon» - «Bunyodkor» 0:0

 20.06.2015.

«Andijon» - «Bunyodkor» 0:2

02.11.2014.

«Andijon» - «Bunyodkor» 0:2

01.07.2012.

«Andijon» - «Bunyodkor» 0:2

 17.09.2011.

«Andijon» - «Bunyodkor» 1:1

 22.08.2010.

«Andijon» - «Bunyodkor» 0:0

14.05.2009.

«Andijon» - «Bunyodkor» 1:2

30.03.2008.

«Andijon» - «Bunyodkor» 0:1

22.06.2007.

«Andijon» - «Bunyodkor» 0:2

«Andijon» klub matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:09, 18.09.2018.
O'qildi: 2973 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.