Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Kim haq, kim nohaq? Ronalduning chetlatilish mojarosi

Kim haq, kim nohaq? Ronalduning chetlatilish mojarosi

Baho:
+1 | -

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Valensiya”ga qarshi o‘yinda qizil kartochka oldi.

Uchrashuv bosh hakami  Feliks Brix nimaga asoslanib portugaliyalik futbolchini maydondan chetlashtirdi.

Bu bo‘yicha ancha bahs munozara o‘tkazish mumkin. Bu yerda Brix Ronalduni chakanagi bilan urgani uchun chetlashtirdimi, yoki  Ronaldu jarima maydonchasiga yugurib kirgani uchunmi? Yoki maydonda yotgan Murilyoni boshini silab qo‘yganigami? Hakamning ko‘zi  o‘sha vaqtda boshqa edi va yordamchi hakamni ko‘rsatmalariga ko‘ra portugaliyalik futbolchini maydondan chetlashtirdi. Ikki futbolchi ham to‘pdan uzoqda edi shuning uchun to‘liq kadrdan aniqlashni iloji bo‘lmadi.

Mana bu kadrda hakam boshqa tarafga qarayotgandi.

 

Ronaldu qizil kartochka olganidan so‘ng , dunyodagi har bir inson unga achinga bo‘lsa ajab emas.

Ronaldu aslida Muriolyoga nima degan?

Endi vaziyatga to‘xtalsak. Krishtianu shunchaki provokatsiyaning qurboni bo‘ldi. “Valensiya” futbolchisi qo‘pollik yo‘q joyda yiqildi. Ronaldu esa, “Qo‘pollik yo‘q edi-ku, o‘xshamadi qilig‘ing, tur endi”, degandek raqibining boshini ushlab qo‘ydi.

Bunga OAVlar qanday munosabat bildirdi

Sky Sport Italia nashrining ma’lum qilishicha portugaliyalik futbolchining chetlatilishiga darvoza ortida turgan yordamchi hakam Marko Frits sabab bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, Brix Fritsdan qizil kartochka berish oldidan ikki marta Fritsdan qizilga tortadimi deb so‘ragan unga javoban esa ha deya javob bergan natijada Ronaldu chetlatildi.

Jurnalistlar hakamlarning lab qimirlashiga qarab, suhbat ma’nosini taxmin qilishdi, unga ko‘ra, Krishtianu Jeyson Murilyoning sochidan tortganini muhokama qilishgan.

ESPN jurnalisti Matteo Bonneti hakamning bu qarori haqida nima dedi?

 “Hakam o‘yin nazoratini qo‘ldan chiqardi. U bir o‘zi uchrashuv taqdirini hal qilib qo‘ydi. Siz shu holat uchun qizil kartochka ko‘rsatyapsizmi? Ronalduning qo‘li Murilyoga tegib ketganigami ? Bu haqam uchun sharmandagarchilik”, – deydi Bonneti.

Bu voqea borasida “Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri nima deydi?

“Bu vaziyatni o‘rganib chiqishga VAR ko‘maklashdi. Bunday janjaldan keyin chempionlar ligasida 10 kishi bo‘lib o‘ynash umidsizlik.

Biz mag‘lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi va kelasi o‘yinda Ronaldu bizga yetishmaydi”, - deydi Allegri.

Ronalduning opasi ham bu voqega izoh berdi

"Bu futbol uchun sharmandalik. Haqiqat yuzaga chiqadi. Ular mening ukamni yo‘q qilmoqchilar, ammo xudo hech qachon uxlamaydi", - deydi Katya.

Leanordo Bonuchchi nima deydi?

"Oddiy to‘qnashuv edi. Murilyo Ronalduga  birinchi bo‘lib qo‘lini qo‘ydi, u javob qaytardi. Hamma narsa bo‘lishi mumkin, ammo biz kuchli bo‘lishimiz kerak. Ronaldu, asabiylashdi”, - deydi Bonuchchi.

Ronaldu “keksa sinyora” tarkibida ilk bor chempionlar ligasida o‘yin o‘tkazgan edi.

Qizil kartochka olganidan so‘ng 33 yoshli futbolchining reaksiyalariga e’tibor bering.

Krishtianu har qanday holatda ham diskvalifikasiya sabab YECHLning keyingi bahsini o‘tkazib yuboradi. Lekin, UYEFA forvardning raqibga nisbatan harakatlarini ataylab qilingan deb topsa, uni 3ta o‘yinga chetlashtirishi mumkin.

Abror Eshonxonov

Manba: sports.ru
Kiritildi: 12:38, 20.09.2018.
O'qildi: 14941 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.