Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Maurisio Sarri PAOKga qarshi o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.
“90 daqiqa uchrashuvni nazorat qildik. Bizda juda ko‘p imkoniyatlar yuzaga keldi. 3 ochko olganimizdan hursandman lekin, natijadan qoniqish hosil qilmadim. Imkoniyat tug‘ilsa raqibni tor-tor etishimiz kerak.
Bizga qarshi o‘ynashga har bir jamoa qiynaladi. PAOK munosib tarzda kurashdi. Ularda 5-6 ta kuchli futbolchilar bor ekan. Masalan, 10-raqam ostida o‘ynagan, Dimitris Pelkas. Uning o‘yini bu uchrashuvda chiqmadi”, - deydi Sarri.