Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

227 000 dollar! Osiyo o‘yinlari g‘oliblari taqdirlandi

227 000 dollar! Osiyo o‘yinlari g‘oliblari taqdirlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ortda qolgan musobaqa o‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochdi. Hamyurtlarimiz Osiyo o‘yinlari davomida 21 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, umumiy hisobda 70 ta oltin medal qo‘lga kiritib, medallar sifati bo‘yicha beshinchi o‘rinni egallashdi.

Bugun, 21 sentyabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarimizni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Bosh vazir o‘rinbosari Tanzila Narbayeva, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahri hokimligi mutasaddilari va boshqalar ishtirok etishdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri ochib berdi. Abdulla Nigmatovich so‘zga chiqar ekan, ortda qolgan Osiyo o‘yinlarida mamlakatimiz rahbari tomonidan yaratib berilgan sharoitlar va imkoniyatlar o‘z samarasini bergani haqida gapirib o‘tdi. Qolaversa, kuni kecha Prezidentimiz tomonidan sportni rivojlantirish, ommaviylikni oshirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgani va unda tegishli ko‘rsatmalar belgilab berilganini aytib o‘tildi. Shuningdek, yurtimiz sportchilar bilan doimo g‘ururlanishini, ular navbatdagi musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etishlariga tilakdosh ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov «XVIII Osiyo o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash to‘g‘risida”gi farmoyishini o‘qib eshittirdi. Unga ko‘ra, Osiyo o‘yinlari oltin medali sohiblari 5000, kumush medal sovrindorlari 3000, bronza medaliga ega chiqqan sportchilarimiz esa 2000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puli bilan birma-bir taqdirlanishdi.

Tadbir davomida yaqin kunlarda sovrindor sportchilarimizning murabbiylari uchun ham (oltin – 2500, kumush – 1500, bronza – 1000) mukofot pullari taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Taqdirlash marosimi nihoyasida Bosh vazir 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ham sportchilarimizga muxlislik qilishi, mana shunday muvaffaqiyatli ishtirokni kutib qolishini haqida gapirdi. O‘zbekiston kelajakda turli sport turlari bo‘yicha yirik musobaqalar, qolaversa Osiyo o‘yinlariga ham mezbonlik qilishi haqida aytib o‘tdi.

Muhsin Hisomiddinov, kurash, oltin medal: «Jakartaga ketish oldidan menda faqatgina bir istak bor edi. U ham bo‘lsa vatanimizga oltin medal bilan qaytish. Yaratib berilgan sharoitlar uchun Yurtboshimizga minnatdorchilik bildiraman. Bildirilgan ishonchni oqlay olganimizdan xursandmiz. Milliy sportimiz Osiyo o‘yinlari dasturiga ilk marotaba kiritildi. Kelajakda kurash Olimpiya o‘yinlari dasturidan ham o‘rin olishini istaymiz. Yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarib yurishga va’da beramiz».

Svetlana Radzivil, yengil atletikaning balandlikka sakrash turi bo‘yicha Osiyo o‘yinlari rekordchisi, oltin medal: «Sport rivojiga qo‘shayotgan hissamiz mana shunday e’tiborga sazovor bo‘layotganidan xursandman. Bundan keyin ham yuqori natijalarga erishishga harakat qilaman. Ushbu muvaffaqiyatlarimiz tarixda qoldi. Men vatanparvarman. Shohsupada turgan vaqtimda yurtimiz madhiyasini eshitib, qanday tuyg‘ularni his qilganimni so‘z bilan ta’riflab bera olmayman. O‘zbekiston nafaqat sport sohasida, balki boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham rivojlansin. Barchaga sog‘liq tilayman».

Isroil Madrimov, Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi bayroqdori, boks, oltin medal: «Osiyo o‘yinlari oldidan menga mas’uliyatli, sharafli vazifa – bayroqdor bo‘lish vazifasi yuklatilgandi. Bu o‘zimga bo‘lgan ishonchni yanada oshirdi. Yakunda Osiyo o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdim. Bu O‘zbekistonning yutug‘i. Sharoit yaratib berilgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu bilan to‘xtab qolmayman. Kelajakda jahon chempionati va Olimpiya o‘yinlarida ham o‘zbek sporti uchun yorqin sahifalar ochishga harakat qilamiz».

Ma’lumot o‘rnida, sportchililarning umumiy hisobda olgan mukofot puli 227 000 AQSH dollarini tashkil etdi. 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 15:33, 21.09.2018.
O'qildi: 8998 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.