Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Intervyu. Xulen Lopetegi: «La Liga o‘yinini AQSHda o‘tkazish g‘oyasi yoqmadi»

Intervyu. Xulen Lopetegi: «La Liga o‘yinini AQSHda o‘tkazish g‘oyasi yoqmadi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi El transistor vakillari uyushtirgan intervyuda turli mavzudagi savollarga javob berarkan, «Qirollik klubi»ga o‘tganidan hech qachon afsuslanmasligini qo‘shimcha qildi.

- O‘tgan yozda sodir bo‘lgan voqealar sizni ranjitmadimi?

- Shunchaki, o‘z qarorimni chiqardim va agar yana shunday imkoniyat berishsa, ayni yo‘lni tanlab, bundan zarracha afsuslanmasdim.

- Bugungi «Real» siz qachonlardir to‘p surgan jamoadan farqlanadimi?

- Jamoa ancha o‘sishga erishdi, XX asrning eng yaxshi klubi deb topilgani ham bejiz emas: «Real» oldinga katta qadam tashladi.

- Ammo siz ham avvalgidek emassiz, shundaymi?

- Albatta, hamma qatori yoshim o‘tyapti, tajriba to‘pladim. Oldin futbolchi edim, endi esa murabbiyman...

- Sizga klubda ishlash ma’qulmi yoki termadami?

- Mening asosiy vazifam - futbolchilarni shug‘ullantirish, jamoani boshqarib, uning g‘alabasini ta’minlash. Garchi kundalik grafik farq qilsada, ham klub, ham terma murabbiyidan bor kuchini sarflash talab etiladi.

- Terma haqida gapirish siz uchun og‘irmi?

- Aslo unday emas. «Real»da ishlayotganimdan baxtiyorman, termaning esa Luis Enrike boshchiligidagi ishlari yurishishini xohlayman. Har qanday holatda ham Ispaniya milliy jamoasi muxlisi bo‘lib qolaman.

Termadagi ish - ortda qolgan bosqich, hozir bor e’tiborim «Real» mashg‘ulotlariga qaratilgan. Bizning katta maqsadlarimiz bor, ularni bajarish uchun katta kuch talab etilgani bois, boshqa narsalar haqida o‘ylashga vaqt qolmaydi. Bu ishga 100 foiz kuchimni sarflayman.

- Termadan chetlatishlari siz uchun kutilmagan zarba bo‘ldimi?

- Sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan voqea ro‘y berdi - endi uni o‘zgartirib bo‘lmaydi: ortga nazar tashlashga xohishim yo‘q. Nimani his qilayotganimni avval aytib o‘tdim, tuyg‘ularim o‘zgarmagan. Hamon eng to‘g‘ri yo‘lni tutdim, deb hisoblayman - «Real»ga «ha» dedim va buni yana takrorlardim.

- «Real»dan o‘zingiz uchun ma’qul taklif tushdi, ammo terma bilan amaldagi shartnomani oxiriga yetkazib qo‘yishingiz kerak edi. Aks holda, ketadigan bo‘lsangiz jarima to‘lardingiz...

- To‘g‘ri. Bu o‘tmishimning bir qismi va uni muhokama qilmoqchi emasman. «Real»ga ijobiy javob qaytarganimga qaramay, termadagi vazifalarimni bajarishda davom etayotgandim. Albatta, shartnomaga tovon puli ham kiritilgandi... o‘tgan ishni endi o‘zgartirib bo‘lmaydi.

Biz «Real» bilan adolatli yo‘ldan bordik, nimaga ishongan bo‘lsak, shunga ko‘ra ish tutdik... imkon qadar to‘g‘ri yo‘l tanlashga intildik, mas’uliyatni his qildik.

- Buni terma futbolchilari qanday qabul qilishdi, sizga nima deyishdi?

- Ular nima qilish kerakligini bilishardi - bor e’tiborni mundialga qaratishdi... Futbolchilar bilan gaplashdim, ammo bu suhbat mavzusi o‘rtamizda qoladi. «Real» taklifiga ko‘nishni xohlaganim sababli shunday yo‘l tutdim... vijdonan ish ko‘rishga intildim.

- Krishtianu bilan gaplashdingizmi? Uning fikrini o‘zgartirishga urinib ko‘rdingizmi?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:45, 22.09.2018.
O'qildi: 2330 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.