Ispaniyaning Madrid shahri 24-25 sentyabr kunlari Butunjahon futbol sammitiga mezbonlik qilmoqda. Butun Jahonning eng kuchli klublari, futbol ligalari, Xalqaro federasiyalar va assosiasiyalar, dunyoga mashhur OAV hamda kompaniyalarning 3000 dan ziyod vakillari ishtirok etayotgan ushbu sammit Madridning eng mashhur “Goyya forum” teatrida o‘tkazilmoqda.
Butunjahon futbol sammiti joriy yil hisobidan uchinchisidir. Sammitda O‘zbekiston professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G‘ofurov boshchiligidagi delegasiya ishtirok etmoqda. Butunjahon futbol sammiti direktori Marian Otamendi va La liga rahbariyati Markaziy Osiyodan faqatgina O‘zbekiston delegasiyasini ushbu yig‘ilishga taklif etgani diqqatga sazovor.
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonovning O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish strategiyasiga binoan delegasiyaning o‘zbekistonlik vakillariga dunyoning futboli rivojlangan uyushmalari hamda ligalari bilan yaqindan hamkorlik o‘rnatish hamda ulardan tajriba o‘rganish vazifasi qo‘yilgan.
Bugun sammitning birinchi kunida yig‘ilishni Butunjahon futbol sammiti direktori Marian Otamendi ochib berdi. Shundan so‘ng minbarga rejaga asosan birin-ketin obro‘li, futbol dunyosida o‘z o‘rniga ega insonlar taklif etila boshlandi.
Xususan yig‘ilishda “Yuventus” futbol klubi hamda Yevropa klublari assosiasiyasi prezidenti Andrea Anyelli so‘zga chiqib, futbol jamoatchiligining diqqatini futboljdagi globallashuv jarayoniga qaratdi.
Sammitda futbol elitasini tashkil etuvchi assosiasiyalar va ligalardan tashqari, jahonda yetakchi bo‘lgan Microsoft, London Exchange, Facebook kompaniyalarining vakillari ham ishtirok etishmoqda.
Sammit doirasida O‘zbekiston delegasiyasi dunyoning rivojlangan futbol uyushmalari va tashkilotlari bilan marketing, futbol akademiyalari, La liga sport dasturlari, OAV va muxlislar bilan ishlash hamda futbol rivojiga oid boshqa masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazadi.
«Bavariya» «Barselona»ga Gordon uchun bo‘lgan kurashda nega mag‘lub bo‘lgani ma’lum bo‘ldi [2598]
«Manchester Siti»ning yulduz markaziy himoyachisi «Real Madrid»ga o‘tishga qaror qildi [2585]
Flikning shaxsan o‘zi bu transferni so‘ragan [2449]
«Chelsi» Ensoni «Barsa»ga qo‘yib yuborishga tayyor, ammo... [2337]
Peres «Real»dagi maqsadini aytdi [2112]
«Barselona»ning Gordon transferidan keyingi navbatdagi maqsadi aytildi [2046]
«Barselona» transfer bozorida raqobatchilardan ustun keldi [1806]
Xabi Alonso "Liverpul" yulduzini "Chelsi"ga olib o‘tmoqchi [1802]
Fabrisio Romano: «Barselona» Gordon va Alvares transferidan keyin ham to‘xtab qolmoqchi emas [1738]













