Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Tennis bo‘yicha «Tashkent Open» musobaqasi davom etmoqda

Tennis bo‘yicha «Tashkent Open» musobaqasi davom etmoqda

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, poytaxtimiz tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi nufuzli musobaqaga mezbonlik qilmoqda. Mukofot jamg‘armasi 250 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi «Tashkent Open» turnirida jahonning turli mamlakatlaridan tennis malikalari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bormoqdalar.

Kecha o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova rossiyalik Margarita Gasparyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. 1 soat 19 daqiqa davom etgan bahsda afsuski, 2:6, 2:6 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi. Juftlik bahslarida esa Nigina Abduraimova rossiyalik Anna Kalinskaya bilan birga kortga chiqdi. Ammo ular ham ilk davrada 1 soat 25 daqiqa davom etgan o‘yinda Gasparyan/Potapova (Rossiya) tandemiga 5:7, 3:6 hisoblarida imkoniyatni boy berishdi.

Bugun esa Nigina Abduraimova yakkalik bahslarida germaniyalik Mona Bertelga qarshi o‘yin o‘tkazdi. 1 soat 58 daqiqa kechgan uchrashuvda Nigina 4:6, 3:6, 3:6 hisoblarida yutqazdi. Boshqa bir hamyurtimiz Oqgul Omonmurodova juftlik bahslarida kanadalik Ejeni Bushar bilan birga ishtirok etdi. Kozlova (Ukraina) / Zvonaryova (Rossiya) tandemiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda Oqgul va uning dugonasi 1 soat 12 daqiqa ichida 2:6, 5:7 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Musobaqa albatta kutilmagan natijalarga boy bo‘lmoqda. Turnirda birinchi raqam ostida saralangan ruminiyalik Irina Kameliya-Beguning ilk uchrashuvdagi mag‘lubiyati, qolaversa, o‘z vaqtida «Ulkan toj» musobaqalarida yaxshi natijalarni qayd etgan kanadalik Ejeni Busharlarning ilk davradayoq imkoniyatni boy berganini bunga misol qilib keltirsak bo‘ladi.

Turnir 29 sentyabrga qadar davom etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 19:41, 25.09.2018.
O'qildi: 1999 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.