Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/01 00:45 Milan 1-1 Jenoa
09/01 01:00 Arsenal 0-0 Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
10/01 01:00 Xetafe 1-2 Real Sosyedad
10/01 16:30 BAA - Yaponiya
10/01 16:30 Livan - Janubiy Koreya
10/01 18:00 Real Ovyedo - Betis
10/01 19:00 Eron - O‘zbekiston
10/01 19:00 Udineze - Piza
10/01 19:00 Komo - Bolonya
10/01 20:15 Vilyarreal - Alaves
10/01 21:30 Suriya - Qatar
10/01 22:00 Roma - Sassuolo
10/01 22:30 Jirona - Osasuna
11/01 00:45 Atalanta - Torino
11/01 01:00 Valensiya - Elche
11/01 16:30 Xitoy - Avstraliya
11/01 16:30 Lechche - Parma
11/01 18:00 Rayo Valyekano - Malyorka
11/01 19:00 Tailand - Iroq
11/01 19:00 Fiorentina - Milan
11/01 20:15 Levante - Espanyol
11/01 22:00 Verona - Lasio

La liga. «Barselona», kutilmaganda, autsayderga yutqazdi!

La liga. «Barselona», kutilmaganda, autsayderga yutqazdi!

Baho:
+ | -

La liganing 6-turi doirasida "Barselona" safarda "Leganes" klubi mehmoni bo‘ldi va, kutilmaganda, mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu mavsumda o‘tkazilgan 5ta tur davomida mezbonlar atigi 1 ochko to‘plashgandi. Ular mavsumdagi ilk g‘alabasini "Barsa" bilan o‘yinda qo‘lga kiritishdi!

Kataloniyaliklar bahsning 12-daqiqasidayoq Koutinyoning goli evaziga hisobni ochishdi. Go‘yoki, Valverde shogirdlari bu kecha oson g‘alabani qo‘lga kiritishadigandek edi. Ammo "Leganes" asta-sekin o‘z o‘yinini topib borib, qarshi hujumlar tashkil qila boshladi.

Birinchi bo‘limda ularga gol urish nasib qilmadi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshida ular bir daqiqa ichida 2 marta Ter Shtegen darvozasini ishg‘ol qilib, o‘yinning borishini o‘zgartirib yuborishdi.

"Ko‘k-anorranglilar"da vaziyatni o‘zgartirish uchun yetarli vaqt bor edi, ammo mezbonlar ishonchli himoyalanib, g‘alabani saqlab qolishdi.

"Leganes" ushbu g‘alabadan keyin so‘nggi pog‘onani tark etgan bo‘lsa, "Barsa" La liga doirasida ketma-ket ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotmoqda.

La liga, 6-tur.
"LEGANES" - "BARSELONA" 2:1
Gollar: 0:1 – 12 Koutinyo, 1:1 – 52 El-Jar, 2:1 – 53 Oskar Rodriges.
Leganes – Kuelyar, Xuanfran, Tarin, Bustinsa, Raul Garsiya, Silva, El-Jar (Nyom, 86), Mikel Vesga (Sabin Merino, 82), Peres, Oskar Rodriges (Gumbau, 74), En-Nesiri.
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Pike, Umtiti, Vermalen (Alba, 70), Rakitich, Buskets, Koutinyo, Munir (Suares, 61), Messi, Dembele (Malkom, 71).
Ogohlantirishlar: Peres (40), Bustinsa (49), Umtiti (60), Vermalen (64), Nyom (88), En-Nesiri (90).

Atletik – Vilyarreal 0:3 (0:0, 0:3)
Gollar: 0:1 – 65 Fornals, 0:2 – 80 Funes Mori, 0:3 – 89 Toko-Ekambi.
Atletik – Mendibil, De Markos (Guruseta, 81), Nunyes, Martines, Berchiche, Benyat, Iturraspe (Lopes, 67), Kapa, Raul Garsiya (Kordoba, 70), Muniain, Inyaki Uilyams.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Ruis, Kosta, Fornals, Trigeros, Funes Mori, Layyun (Kasorla, 64), Moreno (Pedrasa, 88), Bakka (Toko-Ekambi, 60).
Ogohlantirishlar: De Markos (73), Ruis (76).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:20, 27.09.2018.
O'qildi: 5795 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.