Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» yulduzi «Barselona»ga o‘tishdan hamon umidvor

«Chelsi» yulduzi «Barselona»ga o‘tishdan hamon umidvor

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku Londonga tashrif buyurib, «Chelsi» hujumchisi Joao Pedroning agenti bilan uchrashdi. Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagani haqida Dekuning o‘zi ham ma’lum qilgan bo‘lsa-da, braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga o‘tishga qat’iy qaror qilgan. Bu haqda Sport nashri xabar bermoqda.

«Chelsi»ning Chempionlar ligasiga chiqa olmagani futbolchining jamoani tark etishiga turtki bo‘layotgan asosiy omillardan biridir. Biroq «Barselona» uchun bu transferni amalga oshirish oson kechmaydi: «Chelsi» 24 yoshli forvardini qo‘yib yuborishni istamayapti va uning transferi uchun 80-100 million yevro atrofida mablag‘ talab qilishi kutilmoqda.

Bitimning taqdiri ko‘p jihatdan Pedroning o‘ziga bog‘liq: agar futbolchi transferni amalga oshirishda qat’iyat ko‘rsatsa va klub rahbariyatiga bosim o‘tkazsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin.

Kiritildi: 11:43, 27.05.2026.
O'qildi: 392 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик