Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

La liga. «Real» ham «Barsa»dan qolishmadi...

La liga. «Real» ham «Barsa»dan qolishmadi...

Baho:
+ | -

La liganing 6-turi doirasida "Real" safarda "Sevilya" klubi mehmoni bo‘ldi va yirik ihsobda imkoniyatni boy berdi.

Andalusiyaliklar hozirda ajoyib formada ekanliklarini namoyish etishmoqda. Dastlab jamoa Yevropa ligasi doirasida «Standard»ni 5:1, Ispaniya chempionatining avvalgi turida «Levante» 6:2, endi esa «Real» 3:0 hisobida tor-mor etmoqda.

"Sevilya" hujumkor o‘yin namoyish qilib, birinchi bo‘limning o‘zidayoq madridliklarni taslim etib qo‘yishdi. Andre Silva dublga erishgan bo‘lsa, Vissam Ben-Yedder o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi. "Real" esa qandaydir nursiz o‘yin namoyish qildi. Modrich, Kroos, Benzema, Asensio kabi futbolchilar qayergadir "yo‘qolib" qolishdi. Natijada mehmonlar asabiylashib, tez-tez to‘pni yo‘qota boshlashdi. Mezbonlar esa deyarli har bir xatoni gol bilan jazolashdi.

Lopetegi shogirdlari "Barselona"ning mag‘lubiyatidan foydalanib, yaqqol peshqadam bo‘lib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarishdi. "Sevilya" 10 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

La liga, 6-tur.
Sevilya – Real Madrid 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 17 Andre Silva, 2:0 – 21 Andre Silva, 3:0 – 39 Ben-Yedder.
Sevilya – Vaslik, Karrisu, Kyer, Gomes, Navas, Sarabiya, Banega (Mesa, 90), Vaskes, Arana (Nolito, 85), Andre Silva, Ben-Yedder (Promes, 69).
Real Madrid – Kurtua, Nacho (Vaskes, 59), Varan, Ramos, Marselo, Modrich (Sebalyos, 70), Kazemiro, Kroos, Beyl, Benzema (Dias, 59), Asensio.
Ogohlantirishlar: Beyl (27), Vaskes (34), Kroos (64), Modrich (65), Banega (74), Sarabiya (79), Dias (87).
 
Valensiya – Selta 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 25 Batshuayi, 1:1 – 82 Aspas.
Valensiya – Neto, Pichchini, Garay, Murilyo, Gayya, Vass, Soler, Koklen (Kondogbia, 70), Gonsalu Gedesh (CHerishev, 76), Rodrigo, Batshuayi (Gameyro, 83).
Selta – Alvares, Malyo (Ekkert, 70), Ronkalya, Kabral, Arauxo, Junka, Yokushlu (Sisto, 46), Lobotka, Beltran, Aspas (Alonso, 86), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Aspas (45), Malyo (48), Batshuayi (56), Beltran (75).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:33, 27.09.2018.
O'qildi: 6717 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.