Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

OFK Prezidenti O‘zbekistonda futbol rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi

OFK Prezidenti O‘zbekistonda futbol rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Osiyo futbol konfederasiyasining rasmiy sahifasi bo‘lgan the-afc.com, Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifaning Toshkentda o‘tkazilgan OFK Ijroqo‘mining yig‘ilishida aytgan so‘zlari haqida maqola e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston futboli Markaziy Osiyoda eng kuchlisiga aylanmoqda va buni OFK ham e’tirof etadi. Shayx Salmon O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida O‘zbekistonning kelgusidagi futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari hamda xalqaro turnirlarda ishtirok etish rejalari bilan yaqindan tanishdi.

2018 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi U-20 Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 2019 yilda BAAda bo‘ladigan Osiyo kubogi hamda Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlariga katta kuch bilan tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

U O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti hamda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise Prezidenti Umid Ahmadjonov bilan o‘zaro esdalik sovg‘alarini almashar ekan, O‘zbekistonda futbolning jadallik bilan rivojlanayotganiga qoyil qolganini, O‘zbekiston Osiyo futbolida haqiqiy kuchga aylanayotganini yoshlarning muvaffaqiyatlari hamda U-23 musobaqasidagi g‘alaba yaqqol isbotlab berganini ta’kidladi.

Terma jamoa Osiyo miqyosidagi musobaqalarda, JCH saralashlarida hamda turli o‘rtoqlik uchrashuvlarida yetarlicha tajriba to‘pladi va bu tajriba Tokio-2020, Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022 saralash o‘yinlarida albatta asqotadi, – deydi OFK Prezidenti.

Yurtingizda ko‘plab sport turlari hamda futbolga katta sarmoyalar jalb etilmoqda va bu o‘z samarasini bermay qolmaydi deb ta’kidlaydi Shayx Salmon.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:02, 27.09.2018.
O'qildi: 1824 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.