Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Garet Beyl: «Ronaldu ketgach, o‘zimni yengil his qilyapman»

Garet Beyl: «Ronaldu ketgach, o‘zimni yengil his qilyapman»

Baho:
+ | -2

Yaqinda «Real»ning uelslik futbolchisi Garet Beyl Daily Mail nashriga intervyu berdi. Suhbat chog‘ida u «Liverpul» darvozasini chalqancha usulda nishonga olgani, Krishtianu Ronalduning «Real»dan ketishi haqida gapirib o‘tdi.

KIYEVDA URGAN GOLI HAQIDA

- To‘pni tushirib, uni ishlab olishim ham mumkin edi. Lekin shunday holatda edimki, imkoniyatdan foydalanmasam bo‘lmasdi. Bunda vaziyatlarda yakun qanday bo‘lishi haqida o‘ylamaysiz. Agar tavakkal qilmasangiz, hech qachon natijaga erisholmaysiz. Bordi-yu o‘ylash uchun vaqt sarflasangiz, gol urolmasligingiz ham mumkin.

To‘pning qaysi nuqtaga borishini aniq bilgandim. Videoni ko‘rsangiz ham boshimni qayirib, to‘pning aynan qayerga uchayotganini kuzatganman. Yaxshi zarba chiqishini sezgandim. Maydonga qulashim ham yengil bo‘lgandi.

Hech qanday og‘riq sezmaganman. O‘sha vaziyatda hammayoq jim bo‘lib qoldi. Keyin stadion xuddi portlab ketgandek tuyuldi. Dastlab Marselo va Kroos men tomon yugurishdi. Keyin boshqalar ham keldi.

KIMNING GOLI CHIROYLI: BEYL­NIKIMI YOKI KRISHTIANUNIKI?

- Buni men hal qilmayman.

SHU GOLNING UYEFA TOP-O‘NLIGIDAN JOY OLMAGANI HAQIDA

- Nima uchun ro‘yxatga kiritilmaganini bilmayman. Buni aniqlaydigan komissiyaga kimlar kirishini bilishni istardim. Keyin ularni haydab yuborardim.

YECHL FINALIDA ZAXIRA O‘YINCHISI BO‘LISH QANDAYLIGI HAQIDA

- To‘g‘risini aytsam, rosa jahlim chiqqandi. Albatta, asosiy tarkibga loyiq ekanimni his qilardim. Zaxiradan maydonga tushganimdan so‘ng gol urdim va jahlim ham tarqadi.

LORIS KARIUS BILAN SUHBAT HAQIDA

- Unga «Boshingni baland ko‘tar, xatolar hammada ham bo‘ladi», dedim. Ammo bunday xato YECHL finalida bo‘lgani uning omadi kelmaganidan darak.

YECHLDA QATORASIGA TO‘RTINCHI MARTA G‘ALABA QOZONISH HAQIDA

- Biz o‘z natijamizni yaxshilashimiz mumkin. Yangi maqsad sari intilishimiz kerak. Barchamiz bunga tayyormiz.

LOPETEGINI ZIDAN BILAN SOLISHTIRISHLARI HAQIDA

- Albatta, Lopetegining ingliz tilini bilishi menga yordam bermoqda. Murabbiy bilan ispanchada gaplashishim mumkin. Lekin muhim detallarni tushuntirishda qiynalaman. Ularning qay biri yaxshi ekani haqidagi savolga esa javob berishni xohlamayman.

KRISHTIANU RONALDUNING KETISHI HAQIDA

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:56, 27.09.2018.
O'qildi: 9274 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.