Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Intervyu. Oliver Kan: «Doimo maydonga eng yaxshi darvozabon ekanligimni isbotlash uchun tushardim»

Intervyu. Oliver Kan: «Doimo maydonga eng yaxshi darvozabon ekanligimni isbotlash uchun tushardim»

Baho:
+ | -

Bu shaxsni ta’riflashga hojat yo‘q. Uning qanday darvozabon bo‘lganini barcha yaxshi biladi. Germaniyalik afsonaviy posbon deyarli barcha sov­rinlarni qo‘lga kiritgan. 21 yillik faoliyati davomida Yevropa chempionati, Bundesliga, Germaniya kubogi, Chempionlar Ligasi, Qit’alararo kubok musobaqalarida zafar quchdi.

Bundan tashqari, 1999, 2001 va 2002 yillarda jahon, 1999, 2000, 2001 va 2002 yillarda Yevropaning eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi. Ammo shu vaqt mobaynida jahon kubogini qo‘lga kiritolmadi.

2002 yilgi mundialda u turnirning eng yaxshi futbolchisi va darvozaboni sovrinlarini qo‘lga kiritgan. Ammo finalda Germaniya terma jamoasi Braziliyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalangandi.

Ayni payt tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan Kan televideniyada ekspert vazifasini ham bajaradi. Yaqinda u FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

- Sizningcha, bugungi kunda eng yaxshi darvozabon kim?

- Keylor Navas «Real»ning Chempionlar Ligasidagi g‘alabasida muhim rol o‘ynadi. Joriy yildagi jahon chempionatida Tibo Kurtua yaxshi harakat qildi. Ugo Lyoris ham yaxshi o‘ynab, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Umuman olganda esa, Kasper Shmeyxelning harakatlari ko‘proq esimda qoldi. U Xorvatiyaga qarshi uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanmaganida penaltini qaytardi. Shuningdek, ikkita ajoyib vaziyatda qahramonlik ko‘rsatdi. Bu haqiqiy darvozabonning o‘yini.

- Jahonda eng yaxshi bo‘lish uchun darvozabon qanday sifatlarga ega chiqishi lozim?

- U muhim pallalarda to‘pni ushlay olishi, kutilmagan «seyv»larni namoyish qilishi kerak. Men uchun darvozabonning asosiy ishi shu. So‘nggi yillarda texnik jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratishmoqda.

- «Eng yaxshi» bo‘lish qiyinmi yoki ushbu maqomni saqlab qolish?

- Jahonda eng yaxshi bo‘lish uchun ko‘p mehnat qilishga to‘g‘ri keladi. Vaholanki, bunga qarshiligim bo‘lmagan. Men uchun bu chaqiruv edi va faqat oldinga intilganman. Lekin cho‘qqida qolish nisbatan qiyin. Chunki talablar yanada kuchayadi. Keyinchalik o‘zingiz ham o‘rtamiyonalikka ko‘nikmay qolasiz.

- Uch marta yil darvozaboni bo‘lgansiz. Ruhiy tomondan bu sizga ustunlik berganmi yoki...?

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:59, 28.09.2018.
O'qildi: 2704 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.