Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu zo‘rlashda ayblanmoqda. Bu haqda Spiegel nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi ustidan ariza amerikalik Ketrin Mayorg tomonidan kelib tushgan. Mazkur hodisa 2009-yil Las-Vegasda sodir bo‘lgan.
Ronaldu jabrlanuvchining “og‘zini yopish” uchun 375 ming dollar bergan. Mayorgning advokatlari Ronaldu bu xabarni inkor etayotganini ta’kidlamoqda. Biroq advokatning aytishicha, futbolchi Ketrin bilan uchrashganin inkor etmayapti.