Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

«MYU» safarda yutqazdi

«MYU» safarda yutqazdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan «Vest Xem» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetadi. Londonda bo‘lib o‘tga o‘yinda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

O‘yin debyutida Filippe Anderson chiroyli gol bilan mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ushbu goldan so‘ng mankunianliklar biroz jonlanishdi, biroq bo‘lim so‘nggiga borib ustunlik yana londonliklar tomonig o‘tdi.

43-daqiqada Angdrey Yarmolenkoning bergan zarbasi Lindelyovga tekkan holda o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozadan joy oldi.

71-daqiqada Markus Reshford burchakdan uzatib berilgan to‘pga tovoni bilan zarba berib, chiroyli golga muallif bo‘ldi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay londonliklar uchinchi golni urishdi, Mark Arnautovich De Xea bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va yaiqn burchakni aniq nishonga oldi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» yana ochko yo‘qotdi. «Vest Xem» esa ochkolarini 7taga yetkazib olgan holda turnir jadvalining 11-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi.

APL, 7-tur

Vest Xem – Manchester Yunayted 3:1 (2:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 5 Felipe Anderson, 2:0 – 43, avtogol Lindelef, 2:1 – 71 Reshford, 3:1 – 74 Arnautovich.

Vest Xem – Fabianski, Diop, Balbuena, Masuaku, Rays, Felipe Anderson (Diangana, 90), Nobl, Yarmolenko (Snodgrass, 72), Obiang, Arnautovich (Antonio, 83), Sabaleta.

Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef (Reshford, 57), Pogba (Fred, 70), Matich, Fellayni, Maktomini, Marsyal (Mata, 71), Lukaku.

Ogohlantirish: Yang (78).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:22, 29.09.2018.
O'qildi: 3214 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик