Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga. Madrid jamoalari ham ochko yo‘qotishdi

La liga. Madrid jamoalari ham ochko yo‘qotishdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 7-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Madrid derbisi durang natija bilan tugadi. Birinchi bo‘limda "Atletiko" ko‘proq xavfli vaziyatlarni yaratgan bo‘lsa, ikkinchi 45 daqiqalikda ustunlik "Real" tomonida bo‘ldi.

Uchrashuvdagi ilk golga tortadigan vaziyatni Simeone shogirdlari yuzaga keltirdi. 18-daqiqasida Antuan Grizmann darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga qochib ketdi. "Atletiko" hujumchisi to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘yishga harakat qildi, ammo Kurtua yuzi bilan zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 3 daqiqa o‘tib mezbonlar xavfli hujum bilan javob berishdi. Jarima to‘pi o‘yinga kiritilganidan keyin Beyl o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p olis ustun yonidan o‘tib ketdi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida esa Diyego Kosta "Real" posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Bu safar ham Tibo jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

"Qirollik klubi" ikkinchi bo‘limni ancha dadil boshladi va hujumkor o‘yin namoyish qila boshladi. O‘yinning 66-daqiqasida Lopetegi shogirdlari maydon markazidan raqibdan to‘pni olib qo‘yib, qarshi hujum tashkil qilishdi. Kroosning uzatmasidan keyin Asensio jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va darvozabon bilan yuzma-yuz holatda zarba berdi. To‘p Oblakdan maydonni tark etdi.

"Matraschilar" ikkinchi bo‘lim davomida  to‘liq himoyalanishga majbur bo‘lishdi. Mezbonlar raqib davrozasi tomon ko‘p bosim qilishdi, ammo mudofaani yorib o‘tish ularga nasib etmadi.

Shu tariqa, "Barselona" g‘alaba qozona olmagan turda "Real" va "Atletiko" klublari ham ochko yo‘qotishdi. Jadvalda "ko‘k-anorranglilar" va "qaymoqranglilar" 14 ochko bilan qo‘shpeshqadamlikni yuzaga keltirishgan. "Sevilya"da 13, "Atletiko" hisobida esa 12 ochko mavjud. La liga jadvalida mana shunday zichlik yuzaga keldi.

Ispaniya La ligasi, 7-tur
Real Madrid – Atletiko 0:0 (0:0, 0:0)
Real Madrid – Kurtua, Varan, Nacho, Karvaxal, Ramos, Modrich (Vaskes, 82), Kazemiro, Asensio, Kroos, Beyl (Sebalyos, 46), Benzema (Vinisius Junior, 88).
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Koke, Rodri Ernandes (Kalinich, 85), Saul, Lemar (Korrea, 60), Diyego Kosta (Parti, 69), Grizmann.
Ogohlantirishlar: Karvaxal (30), Xuanfran (48), Lemar (59), Ramos (61), Koke (70), Nacho (90), Korrea (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:35, 30.09.2018.
O'qildi: 4599 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.