“Championat.asia” nashriga ma’lum bo‘lishicha, O‘FA raxbariyati Tokio-2020 Olimpiadasi saralash bosqichi avvalidan xorijlik murabbiy izlashni boshlab yuborgan.
Bundan avval O‘FA Olimpiya termasiga Mirjalol Qosimovni bosh murabbiy sifatida e’lon qilgan edi. Ammo “Bunyodkor” murabbiyi va tashkilot o‘rtasida shartnoma imzolanmagan.
Hozirda assosiasiya vakillari horijdan, anikrog‘i, Ispaniyadan mutaxassis qidirish borasida ko‘rsatma olganlar.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning mart oyida Olimpiada yullanmasini beradigan Osiyo chempionati saralash bahslariga Toshkent mezbonlik qiladi.