Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Eldor Saqayev: «Superliga uchun imkoniyat «Andijon»da ham «Dinamo»da ham bor»

Eldor Saqayev: «Superliga uchun imkoniyat «Andijon»da ham «Dinamo»da ham bor»

Baho:
+ | -

“Dinamo” – “Andijon” (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Eldor Sakayev o‘yin borasidagi savollarga javob qaytardi.

- Bugun ikki ochko yo‘qotdik desak ham, 1 ochkoni qo‘lga kiritdik desak ham bo‘ladi. Sababi, ikki tomonda ham gol urish imkoniyatlari bor edi. Natija nursiz bo‘lsada, jangovar durang qayd etildi, degan bo‘lardim.

O‘yin oxirida bir kishi kam bo‘lib qolganimiz ham zararimizga ishladi. Maydonda biz peshqadam ekanligimiz, “Dinamo”ning 5-o‘rinda ekanligi bilinmadi, sababi Superliga uchun imkoniyat ikki klubda ham saqlanib qolindi.

Chindan ham “Andijon”ning so‘nggi o‘yinlarda g‘alaba qozona olmayotgani yigitlarimizga ham ruhiy jihatdan bosim o‘tkazmoqda, ta’sir qilmoqda. Bugun jamoa oxirigacha kurashdi, irodasini namoyish etdi. Shunday o‘ynashda davom etsak tez orada g‘alabalar ham keladi. Bugun jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan andijonlik muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman.

Maqsadimiz Superligaga 1-o‘rin bilan chiqish. Aynan shu vazifa uchun kurashayapmiz. Oxirgi o‘yinlardagi omadsizliklar bois, yigitlar biroz tushkun kayfiyatda edilar. Qolaversa, kubok doirasida “Bunyodkor”ga qarshi katta kuchni sarf etganimiz ham ta’sirini bildirmay qolmadi.

Navbatdagi turdan boshlab 4-davra boshlanadi. O‘ylaymanki, 1-5-o‘rinlarni egallab turgan jamoalarning barchasi yakuniy o‘yinlarda maqsadi uchun bor kuch va imkoniyatini ishga soladi. Endi “Dinamo”ni o‘z uyimizda qabul qilamiz. Faqat g‘alaba uchun kurashamiz.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:05, 01.10.2018.
O'qildi: 2297 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик